So’nggi yangiliklar

21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  17 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   2 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  5 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1

SHuhrat Maqsudov: "O'yindan o'yinga barchasi yaxshilanib boradi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "O'yindan o'yinga barchasi yaxshilanib boradi"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi SHuhrat Maqsudov qatnashdi.

"Avvalo, "Bunyodkor" klubi rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari, xodimlari, muxlislari va shaxsan o'z nomimdan taniqli futbolchi Temurxo'ja Abduxoliqovning qizi vafoti munosabati bilan futbolchiga hamdardligimizni bildiraman.

Futbolda mavsumning ilk o'yini barcha jamoalar uchun og'ir o'tadi. Kecha boshlangan mavsumning dastlabki uchrashuvlarini ko'rib, bunga yana bir bor amin bo'ldik. Eng asosiysi – g'alaba. Biz buni uddaladik. SHu bois "Bunyodkor"ga aloqador barchani, xususan, muxlislarimizni tabriklayman.

Qaysi lavozimda ishlashimdan qati nazar jamoaning o'yiniga befarq bo'lmaganman. Kecha taqdimot marosimida ham aytib o'tgandim. Biz bir jamoamiz!  Gap bosh murabbiy yoki boshqa lavozimda emas, hammamiz bir musht va jamoamiz!  Albatta, debyut o'yinim omadli chiqdi. Allohga shukur! 

O'rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilarning holati boshqacharoq ko'ringan. Bugun ilk rasmiy o'yinda maydonga tushdik. O'yinchilarning harakatlarida farq bo'lishi tabiiy. CHunki mavsum endigina boshlandi. Istaysizmi-yo'qmi, futbolchilarda hayajon bo'ladi. O'yinchilarimizni nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. Ochilish o'yinida hammada hayajon bo'ladi, o'yindan o'yinga barchasi yaxshilanib boradi. 

Goldan keyin "Bunyodkor" tempni pasaytirgani bois "Mashal" ustunlikni o'z qo'liga oldi. Markazda to'pni ko'p yo'qotdik.

"Bunyodkor"ni yana cho'qqiga olib chiqishga harakat qilamiz", – deydi SHuhrat Maqsudov. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика