So’nggi yangiliklar

17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  3 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

SHuhrat Maqsudov: "Jim turgan odam befarq bo'ladi. Men esa befarq emasman" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Jim turgan odam befarq bo'ladi. Men esa befarq emasman"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'yin haqida fikr yuritishdan oldin qashqadaryo lik futbol muxlislariga, do'stim Ro'ziqul Berdievga rahmat aytib omad tilayman. "Nasaf" jamoasini shaxsan o'zim hurmat qilaman. "Bunyodkor" bilan o'xshash jamoa desam mubolag'a bo'lmaydi. CHunki raqib o'z tarbiyalanuvchilariga suyanadigan kam sonli klublardan biri hisoblanadi. Ularga OFK kubogida zafarlar tilab qolaman. Bugun qiziqarli o'yin bo'lishi oldindan malum edi. Afsuski yana ilk daqiqalardan xatoga yo'l qo'ydik. Golni o'zimizga o'zimiz olib keldik. 20-daqiqalardan so'ng yigitlar o'yinni o'z qo'liga olishdi. Muxlislar istagan futbolni ko'rsatishdi", - deydi Maqsudov. 

Jamoamizda futbolchilar masalasida mavsum boshida muammo paydo bo'lgan edi. Oltita asosiy ijrochilarimiz jamoani tark etdi. Ularning uchtasi himoyachi edi. Ketganlarning o'rnini to'ldira olmadik. Hozir himoyada ham, hujumda variantlarni o'zimizni akademiyadan qidiryapmiz. Birinchi uchrashuvda yaxshi harakat qilgan futbolchi, ikkinchi bahsda o'zini ko'rsata olmayapti. Mirjahonni ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytira olishiga ishondim. Uni o'rinbosarlar safida o'ynab yurgandan beri bilaman. O'tgan yili jarrohlik amaliyotini o'taganidan so'ng sekin - asta tiklanmoqda.

"Nasaf" bilan ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. Biz Qarshida to'p tepdik. SHuni ham inobatga olish kerak. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng yo'qotadigan narsamiz qolmadi va hujumga o'tdik.

Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Jim turgan odam befarq bo'ladi. Men esa befarq emasman. Asabiylik, etirozlar faqat o'z shogirdlarimga nisbatan. Lekin buni noto'g'ri talqin qilayotganlar ham bor. Bu futbol", - deydi SHuhrat Maqsudov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика