So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

SHuhrat Maqsudov: "El og'ziga elak tutib bo'lmaydi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "El og'ziga elak tutib bo'lmaydi"

Coca-Cola Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- O'yin kutganimizdek shiddatli bo'ldi. Bu kutilgan xol edi, chunki chempionatmizda ozgina tanaffus bo'lib yana boshlash hamma jamoa uchun qiyin kechishi malum. G'alaba bilan futbolchilar, muxlislarni chin ko'ngildan tabriklayman.

- "Bunyodkor" dastlabki daqiqalardanoq bosim uyushtirdi. Avvalgi uchrashuvlarda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlangani ko'rindi...
- Oldingi o'yinlardan birini ham siz shu savolni bergandingiz. Biz o'yindan keyin tahlil qilganmiz. Futbol jamoaviy o'yin, birdaniga natijaga erishish qiyin. O'yinni yaxshi tomonga o'zgartirish uchun vaqt zarur bo'ladi. Bugun siz ham ko'ribsiz, yaxshi tomonga o'zgartira olgan bo'lsak xursandman.



- Ibrohim Tomiva mahoratli futbolchi. Lekin kerakli vaziyatlarda uzatmalarni amalga oshirmayapti...
- Buni biz ham sezganmiz. Bugun uni Mirjahon Mirahmadovni o'rniga tushirganimiz sababi uning tezkorligi, individual mahoratga ega ekanligi edi. "Oq-tepa" safida ko'rsatgan o'yinlari manga juda yoqqandi. Ming afsus, o'sha Tomivani o'zim ham taniy olmayapman. Umid qilayapmiz, ajab emas keyingi o'yinlarda o'zini ko'rsatib qolsa.

- Futbol jamoatchiligi orasida "SHuhrat Maqsudov qo'g'irchoq murabbiy, aslida hamma ishni Vadim Abramov bajaradi" qabilida gap-so'zlar yuribdi...
- Endi elni og'ziga elak tutib bo'lmaydi. SHu sababdan men bu savolga masalan Vadim Abramov terma jamoa bosh murabbiyi ekanligini siz bilan biz yaxshi bilamiz. Kim nima deyishini menga qizig'i yo'q. Qiziqayotganlar bo'lsa kelib mashg'ulotlarimizni ko'rsin, o'shanda o'zlari amin bo'lishadi.

Vadim Karlenovichni nafaqat "Bunyodkor"ga, balki boshqa jamoalarni o'yinlariga borib kuzatishga, terma jamoa tarkibiga jalb etilgan futbolchilarni nazorat qilishga haqqi bor fikrimcha.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика