SHuhrat Maqsudov: "Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz"
14 jan 2014 22:06
Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz"
O'zbekiston - Iroq (1:2) o'rtasidagi o'yindan so'ng O'zbekiston terma jamoasi ustozi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'zbekiston U-22 bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov Iroqqa qarshi o'yinda shogirdlariga biroz omad etishmaganini qayd etdi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.
SHuhrat Maqsudov: Bugun jamoamizga biroz omad etishmadi. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Ikki xato darvozamizga gol urilishiga sabab bo'ldi. Musobaqaga qisqa vaqt tayyorgarlik ko'rganmiz, yanada qisqa vaqt ichida esa ketma-ket muhim o'yinlar o'tkazishimiz kerak. Bunday sharoitda futbolchilarning jismoniy holatini maromida ushlab turish qiyin, shuning uchun ham tarkibda o'zgarishlar qildik. Bugun maydonga tushgan barcha futbolchilar yaxshi harakat qilishdi, ularning o'yiniga etirozim yo'q. Iroqning birinchi va bugungi o'yini o'rtasida farq ko'rmadim. Musobaqadagi birinchi o'yinda biroz ehtiyotkor o'ynagan bo'lishi mumkin. Iroqning aksariyat o'yinchilari Turkiyadagi JCH-2013da yarim finalida o'ynagan. Bir so'z bilan – Iroq juda kuchli jamoa. OCHdagi har bir jamoa kuchli. Biz esa har o'yinda faqat g'alaba maqsadida maydonga tushamiz. Saudiyaga qarshi o'yin ham istisno emas.
O'FF matbuot xizmati.

Fikrlar