SHuhrat Jo'raev: "Omad bizdan yuz o'girdi"
25 may 2018 22:58
Yangiliklar


SHuhrat Jo'raev: "Omad bizdan yuz o'girdi"
O'zbekiston Pro-ligasi 11-turi doirasida "Labsa" - "SHerdor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Jo'raev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Jamoaning hujum chizig'ida qilgan xatolari oqibatida mag'lubiyatga uchradik. "SHerdor" bugun yaratgan kam sonli vaziyatlaridan birini gol bilan yakunlay oldi. Raqiblarni g'alaba bilan tabriklayman va keyingi turlarda ularga omad tilayman. Biz esa ishlashda davom etamiz", - dedi Jo'raev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar