“SHtutgart” Germaniya kubogining har bir bosqichida murabbiyni almashtirib, yarim finalga qadar etib keldi
07 apr 2023 00:12
Yangiliklar


“SHtutgart” Germaniya kubogining har bir bosqichida murabbiyni almashtirib, yarim finalga qadar etib keldi
Nemis klubining 1/2 finalgacha bosib o'tgan yo'lida 4 ta murabbiy faoliyat olib bordi.
Germaniyaning “SHtutgart” klubi mamlakat kubogining har bir bosqichida yangi murabbiy bilan ishtirok etib, yarim finalga qadar etib bordi.
Jamoaga 1/32 finalda Pelligrino Mataracco, 1/16 finalda Mixael Vimmer, 1/8 finalda Bruno Labbadiya, 1/4 finalda esa Sebastyan Xenness ustozlik qildi. Yani nemis klubi kubok sari eng noodatiy yo'lni bosib o'tdi: 4 bosqich, 4 murabbiy, 4 g'alaba.
“SHtutgart”ni oldinda yana ikkita bosqich kutib turibdi. Sebastyan Xennessning esa kursisi qimirlab qolmasa bo'lgani edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar