So’nggi yangiliklar

13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  1 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  3 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  5 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  36 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  14 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  21 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4

SHoxruz Norxonov: "Obod"da o'yin sifati yaxshi, biroq..." Yangiliklar

SHoxruz Norxonov: "Obod"da o'yin sifati yaxshi, biroq..."

“Obod” jamoasi hujumchisi SHohruz Norxonovni birinchi davra kashfiyotlaridan biri, deyish mumkin.

Garchi, u ilk bor oliy liga uchrashuvlarida maydonga tushishiga qaramasdan 7 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqdi. Birinchi davradagi chiroyli o'yinlari va gollari tufayli SHohruz Norxonov milliy termamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan etiboriga tushdi va milliy terma jamoaning navbatdagi yig'iniga chaqirildi. Yaqinda “Obod” jamoasi to'purari SHohruz Norxonov bilan suhbatlashdik.

- Amaldagi chempion bilan kechgan qarama-qarshilik haqida to'xtalsangiz.
- “Paxtakor”ni bekorga “sherlar”, deyishmaydi. Ularga qarshi futbol o'ynash har bir jamoaga qiyin bo'lib kelgan. Raqib juda kuchli va salobatli. Xalq jamoasida nafaqat milliy chempionat, balki xalqaro tajriba ham etarli darajada. Bizda esa bunday toifadagi futbolchilar, deyarli yo'q. SHu bois “Obod”da o'yinni tashkil etish borasida ayrim kamchiliklar mavjud. Bazi yigitlarga mahorat etishmayapti. Aynan tajribasizlik tufayli mavsum davomida ko'p mag'lubiyatga uchradik. Paxtakorilar ilan kechgan uchrashuvda hisobni ochgan bo'lishimizga qaramasdan 90 daqiqa davomida ko'plab xatoliklarga yo'l qo'ydik. “Paxtakor” esa bunday xatolarni kechirmaydi. Gol urgan bo'lsam-da, penaltini aniq amalga oshira olmadim. Bundan qattiq xafaman. Nima ham derdim, futbolda faqat kuchlilar g'alaba qozonishi kerak.

- 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olmaganingizdan keyin jamoadoshlaringizning sizga qanday fikrlar bildirishdi.
- Jamoadoshlarim juda ahil va yigitlar menga ortiqcha etirozlar bildirishmadi.

- “Paxtakor” haqida qanday fikrdasiz, ular bu yil unchalik o'zini ko'rsata olmayapti. Uchrashuvdan oldin g'alaba qozonish vazifasi oldilaringizga qo'yilganmidi?

- “Paxtakor” klubi rahbariyatiga har doim tan beraman. Ular har mavsumda raqobatbardosh jamoani shakllantirishadi va futbolchilar oldiga yuksak vazifalar qo'yiladi. Yoshlarga katta etibor qaratilgan. SHu bois ham har mavsumda yangi nomlar kashf etiladi. Iqtidor egalari esa tezda oliy liga suratiga moslashib ketishadi. O'zim yoshligimda “Paxtakor” muxlisi edim. Ko'p marotaba “Paxtakor” markaziy stadioniga borib, jamoani qo'llab-quvvatlardim. O'sha paytlari CHempionlar ligasida ham jamoa ancha ishonchli o'ynar edi. To'g'ri hozir “paxtakorchilar” o'zlarini unchalik ko'rsata olmayapti. Bu bilan men ularni yutish oson, degan fikrdan yiroqman. Biz uchun “Paxtakor”ga yutqazish – uyatli ish emas, nazarimda.

- “Paxtakor”ning muxlisi bo'lsangiz, jamoada o'ynash orzusi ham bo'lgandir?

- Ha. “Paxtakor”ga ilinish uchun juda qattiq o'z ustida ishlash kerak. Faqatgina eng kuchli futbolchilargina ushbu jamoada harakat qilish mumkin.



- Siz bir paytlar “Oq-tepa” libosida maydonga tushgansiz. Sobiq jamoangizning bugungi taqdiri haqida bilsangiz kerak.

- Albatta. O'sha kezlari “Oq-tepa”da asosiy tarkibda deyarli maydonga tushmasdim. Asosan zaxiradan o'yinga qo'shilardim. SHuning uchun jamoaning yoshlar tarkibida Toshkent shahrining 2-ligasida o'ynab turardim. Umuman olganda, o'sha paytlari jamoaga etibor yaxshi bo'lib, barchasi ko'ngildagidek edi. Birdaniga oldimizga oliy ligaga chiqish vazifa qo'yildi-yu, keyin shunday kutilmagan voqealar ro'y berdi. Bilmadim, nima sababdan jamoa birinchilikni tark etdi. Bu xususda aniq malumotlarga ega emasman.

- O'tgan yili “Obod” birinchi ligada qatnashdi. Birinchilik va elita orasidagi saviya qanday darajada?

- Angliyada Premer liga va CHempionshipning orasida unchalik katta farq ko'zga tashlanmaydi. Bizda esa er bilan osmoncha katta tafovut bor. Farq shunchalikka etadiki, men uning faqat bir-ikki jihatlarini aytishim mumkin. Eng asosiysi – birinchi ligada tashkilotchilik masalasi oqsamoqda. Ayrim stadionlargi yaratilgan shart-sharoitlar talabga javob bermaydi. Ikkinchidan, jamoalarga barqarorlik etishmaydi. Bazi holatlarla klub mutasaddilari jamoa taqdiriga “panja orasidan” qarashadi. Birinchiligada to'p surgan paytlarim bazida shunday holatlar ham bo'lardi-ki, biz o'ynaymizmi, yo'qmi, deb murabbiylardan so'rardik. Biroq oliy ligada bunday emas, o'yinlar muntazam ravishda o'tkaziladi va jamoalarga etibor ham ancha yaxshi.

- Bugungi milliy chempionatimiz borasida nima, deya olasiz?

- Yoshi katta muxlislar bilan suhbatlashib qolsangiz, ular XX asrning 60-70 yillardagi futbol umuman boshqacha ekanligini takidlashadi. Qolaversa, murabbiylar “faqat oldinga, faqat gol” shiori ostida jamoani maydonga olib tushishar ekan. Bugungi kunga kelib esa natija birinchi o'rinda turadi. SHu bois ham gollar kam urilayotgandek. Oliy ligada esa mana shu natija tufayli o'yinlar surati biroz pasaygandek, nazarimda. Ammo bu har doim ham emas. Viloyatlarda o'yinlar ancha qiziq bo'ladi. Sababi u erlarda millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish katta va tomoshabinlar ancha ko'p. Siz faqatgina poytaxtdagi uchrashuvlarni ko'rib hulosa qilayotgan bo'lsangiz adashasiz.

- Balkim bunga kelishilgan o'yinlar sababchidir.

- Bu yilgi chempionat o'zgacha tarzda o'tyapti. Sensaciyalar ham ancha ko'paydi. Tabiiyki, oliy ligada natijani taxmin qilish ham nisbatan murakkablashdi. Kelishilgan o'yinlar hususida gapiradigan bo'lsam, bu haqda hech narsani bilmaymiz...

- Birinchi davra hususida to'xtalsangiz. Jamoaning ishtiroki va o'zingizning hatti-harakatlaringiz.

- Jamoamizda o'yin sifati ancha yaxshi. So'nggi o'rinlarda borayotgan bo'lsak-da, biz rivojlanishda davom etyapmiz. Biz uchun yig'gan 8 ochkomiz oltinga teng. Agarda o'yinlar davomida yaratilgan vaziyatlardan foydalana olganimizda ahvolimiz bunday og'ir bo'lmas edi. Bizga yana ikki yilcha vaqt berilganda yaxshi bo'lardi. O'zimning harakatlarimga esa murabbiylar va ishqibozlar baho berishsin. Umuman olganda, birinchi davra “Obod”uchun katta dars bo'ldi. Debyutantligimiz bois barcha bahslar og'ir kechmoqda. Umid qilamanki, ikkinchi davrada murakkab vaziyatdan chiqib ketamiz. Axir  “g'alvir suvdan ko'tarilsa, faqatgina eng saralari qolishi kerak”da.

- SHu o'rinda safarda kechgan ikki bahsni yodga olsak. “Mashal” bilan o'yinda 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchradinglar ham ikki penalti golga aylanmadi. “Andijon” esa mag'lub etildi.

- “Mashal” o'z o'yin uslubiga ega jamoalar sarasiga kiradi. Hisob ochilmagan payti penaltini aniq amalga oshirganimizda ham bizning g'alaba qozonishimiz qiyin edi. Agarda ikkala penaltini ham urganimizda balkim, durangga erisharmidik. O'sha o'yindan keyin katta yig'ilish bo'lib, yo'lga qo'yilgan xatolarni ko'rib chiqdik va bularni kamaytirishga intilyapmiz. “Andijon” ga qarshi o'tadigan qarama-qarshilikka har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik va bu o'z samarasini berdi. Andijonliklarning himoya chizig'ida kamchiliklar ko'p ekan va ularning birgina xatosidan unumli foydalandik. Agarda, biz o'sha kuni “Mashal”ga qarshi o'ynagandek harakat qilganimizda ko'proq gol urarmidik?! O'z navbatida “Andijon” azolari ham darvozamiz oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Lekin ular bu imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi.


\



- Davralar oralig'ida jamoada qanchalik o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin. Xorijdan futbolchilar taklif etiladimi?

- Yo'q, menimcha hech kim kelmaydi. Hozircha mahalliy futbolchilar ko'magiga tayanmoqdamiz. Turnir jadvalidagi egallagan o'rnimiz maqtasa arzigulik emas. SHuning uchun ham jamoadan ayrim yoshlar ketishi aniq. Ularning o'rniga bir qator shoratli futbolchilarni chaqirish rejalashtirilgan. Tarkibdagi o'zgarishlar unchalik katta bo'lmasa kerak. Murabbiylar jamoaning o'zagini saqlab qolishmoqchi. Agar bu yil oliy ligada qolish vazifani bajara olsak, keyingi yilga “Obod” jamoasidan yuqoriroq natijani kutsa bo'ladi.

- So'nggi o'yinlarda maydonni golsiz tark etmayapsiz. Jamoaning g'alabalarida katta hissangiz bor. Aytingchi, gol urishning siri nimada?

- Buning hech qanday siri yo'q. Bor yo'g'i to'pni darvozaga shunday aniqlik bilan tepish kerak-ki, darvozabon ham zarbaga tan bersin. Gol esa futboldagi  oliy maqsad! Darvozalar ishg'ol etilishi oqibatida hisob o'zgaradi. G'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilasiz. Natija esa tarixda qoladi. Hech kim o'yinni qanday o'tganini eslay olmaydi. Faqatgina natijani yodga olib o'tadi, xolos.

- So'nggi paytlarda Bobur Zuhriddinovni maydon chetida futbolchilarga ko'rsatmalar berayotganiga guvoh bo'layotgandik. “Paxtakor”ga qarshi bahsda faqatgina Aleksandr Mochinovni ko'rdik.

- Albatta, Mochinov bosh murabbiy. Bobur aka ham u bilan deyarli bir xil fikr yuritishadi. Gaplari bir joydan chiqishi odamni quvontiradi. To'g'risini aytsam, bu ikki mutaxassisning orasida unchalik katta farq yo'q. SHunchaki, Aleksandr Vladimirovich katta tajribaga ega. Kelgusida Bobur Zuhriddinovga bunday murabbiylar bilan ishlash qo'l kelishi shubhasiz. O'ylaymanki, uni yorqin kelajak kutmoqda.

- Aytingchi, O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi yig'inlariga chaqirilishingizni qanday qabul qildingiz?

- Kutilmagan hol bo'ldi. Terma jamoa murabbiylarining nazari menga tushganidan juda mamnunman. Mamlakat milliy terma jamoasi libosini kiyish, xalqaro maydonlarda yurt sharafini himoya qilish har bir futbolchining orzusi sanaladi. Terma jamoa mashg'ulotlarida esa o'zimni ko'rsatib, murabbiylar ishonchini oqlashga va bor mahoratimni ishga solishga harakat qilaman.


Mirjalol NORMATOV

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика