Gadoevning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2018, 16:38
Bugun, 18 mart kuni, o'zbekistonlik yarim himoyachi Shohruh Gadoev Janubiy Koreyadagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.

"Key-Liga 2" musobaqasining (bizning Pro-Liga bilan teng divizion) 3-tur doirasida uning jamoasi "Tedjon Sitizen" o'z maydonida "Seul I-Lend" klubini qabul qildi.

Gadoev bahsni avvaliga zaxira o'rindig'ida boshladi. 70-daqiqaga kelib, mezbonlar bosh murabbiyi Ko Chjun Su, o'yinda burilish yasash maqsadida, Shohruhni, nihoyat, maydonga tushirdi. Va tez orada yarim himoyachimiz unga bildirilgan ishonchni oqladi. 77-daqiqada o'zining doimiy chap qanotida raqibni tezlikda ortda qoldirib, jarima maydonchasiga yorib kirgan Gadoev seulliklar himoyachisi tomonidan qo'pollik bilan yiqitildi. Hakam darhol penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa braziliyalik Pedro Enrike aniq amalga oshirdi. Shu 1:0 hisobi bellashuv oxirigacha saqlanib qoldi. O'yin videosini quyidagi havolada tomosha qilish mumkin. VIDEO

Ko'psonli o'zbek futboli muxlislari nomidan biz Shohruh Gadoevni Janubiy Koreyadagi omadli debyuti bilan tabriklaymiz. Shohruh, faqat olg'a!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia