

Bizga ma'lum bo'lishicha Shoxruh Gadoev Baxraynning “Muharrah” klubiga o'tadi. Gadoev ushbu klub bilan o'zaro kelishuvga erishgan. U shu kunlarda Baxraynga boradi va klub bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Shartnoma muddati va miqdori bizga hozircha ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, Shoxruh Gadoev ushbu klubga erkin agent sifatida boradi.
Fursatdan foydalanib, barcha futbol ishqibozlari nomidan Shoxruh Gadoevning keyingi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz va “Nasaf” jamoasida ko'rsatgan faoliyati uchun kattadan-katta tashakkurlar izhor etamiz. Omad senga Shoxruhjon!



