So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  1 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

SHoxruh Eshbo'taev: “Penaltini qaytarganimdan keyin ijobiy natijaga umid bor edi” Yangiliklar

SHoxruh Eshbo'taev: “Penaltini qaytarganimdan keyin ijobiy natijaga umid bor edi”

Kecha, Jizzaxda kechgan dramatik uchrashuvda “So'g'diyona” va “Mashal” jamoalari jangavor durangga imzo chekdi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida kiritilgan avtogol yakunda muborakliklarning safardan bir ochko bilan qaytishini taminladi. Undan avval esa “gazchilar” penaltini qaytarishga erishgandi. Bahs yakunlangach, “Mashal” darvozaboni SHoxruh Eshbo'taev bilan suhbatlashdik.

- SHoxruh, jamoangiz safarda durang qayd etdi. Bu menimcha g'alabaga tengdek tatidi. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Albatta, Jizzaxda durang natija qayd etish ham yomon natija emas deb o'ylayman. O'yinning borishidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, 2:2 hisobi adolali bo'ldi nazarimda. Ochig'ini aytganda, biz safarga g'alaba qozonishni maqsad qilib borgandik. “So'g'diyona” ham yaxshi jamoa. CHempionatda haligacha mag'lubiyat nimaligini bilmasdan kelmoqda. O'z maydonida har qanday raqibga qiyinchilik tug'dirishi avvaldan malum edi. 

- Safardagi bir ochko nimaning evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylaysiz?

- Uyga quruq qo'l bilan qaytib ketmaslik uchun ham oxirigacha astoydil kurashdik. Ochko olishga ishonch va imkoniyatimiz borligini xis qildik. Yakunda mexnatlarimiz o'z samarasini berdi. Bundan xursandmiz albatta. 

- Jasur Hasanov jarima zarbasini amalga oshirganidan keyin to'pni qaytarishni iloji yo'qmidi?

- Bu vaziyatni oddiy so'zlar bilan izohlab bera olmayman. To'pni qaytarishim ham mumkin edi. Lekin shunaqa bo'lib qoldi. 

- Jizzaxliklarning 11 metrlik to'pini yo'qqa chiqardingiz. Bu omad bilan bog'liqmi?

- Menimcha ellik foiz omad, ellik foizga mexnat deyish mumkin.Aynan shu penaltini qaytarganimdan keyin ich-ichimdan ochko olishimizga ishonch paydo bo'ldi va o'zimni ancha xotirjam xis etdim. 

- “So'g'diyona”dan olingan ochkodan keyin “Mashal” turnir jadvalida xavfli zonani tark etib ulgurdi. Bunda bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning qanchalik qo'li bor deb hisoblaysiz?

- Aleksandr Andreevichning jamoaga qaytgani yaxshi bo'ldi. Tajribasi katta. “Mashal” klubida o'n yildan ortiq mobaynida faoliyat yuritdi va jamoaning ravnaqiga katta xissa qo'shgan. O'yin uslubimizda ham yaxshi tomonga o'zgarish boshlandi. Futbolchilargni yaxshi ruhlantira oladi. Kerakli so'zlarni topib, ayta oladi. Jizzaxdagi o'yin oldidan ham biz futbolchilarga ko'rsatma berayotganida, “Mashal” har doim yuqori o'rinlar uchun kurashganini, uning joyi pastki o'rinlarda emasligini takidlab o'tdi. SHogirdlariga kerakli “dux”ni bera oladi. SHuning uchun bemalol ayta olamanki, ushbu muvaffaqiyatlarimizda Aleksandr Xomyakovning xissasi katta. 

- Endi keyingi turni o'z maydoninglarda “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o'tkazasizlar. Bo'lajak bahs oldidan nima deysiz?

- O'ylaymanki, endi omadsizliklar ortda qoldi va g'alabalarimi soni ko'proq bo'ladi. O'z maydonimizda muxlislarimizni xursan qilish uchun maydonga chiqamiz. Tabiiyki bu orqali turnir jadvalida ham yuqori o'rinlarga ko'tarilishni istaymiz. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика