SHotlandiyada sigir darvozabonga jarohat etkazdi
24 fev 2018 13:36
Yangiliklar


SHotlandiyada sigir darvozabonga jarohat etkazdi
SHotlandiya CHempionshipida ishtirok etuvchi "Kuin of ze Saut" klubi darvozaboni Sem Xenderson noodatiy tarzda jarohat oldi.
Malumotlarga ko'ra, 19 yoshli posbon o'zining oilaviy fermasida qochib ketgan sigir tufayli jarohatlandi.
Xendersonning elkasi shikastlandi va aynan shu sababli u jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok eta olmadi.
"Bundan battar ham bo'lishi mumkin edi, chunki sigir uni ikkinchi marta jarohatlamoqchi bo'ldi, biroq Xenderson qochishga muvaffaq bo'ldi" - deydi "Kuin of ze Saut" bosh murabbiyi yordamchisi Dagi Anderson.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar