So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

SHota Arveladze yangi mavsumdan oldin "Paxtakor"ga qanday futbolchilar olib kelinishini aytdi Yangiliklar

SHota Arveladze yangi mavsumdan oldin "Paxtakor"ga qanday futbolchilar olib kelinishini aytdi

"Paxtakor" - "Surxon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

O'ylashimcha uchrashuv biz uchun yaxshi o'tdi. O'yinni nazorat qildik. Har uch kunda maydonga tushayotgan futbolchilar g'alaba qozonishdi va mavsumdagi 105-golimizni urishdi. Raqibning o'z vazifasi bor edi, ular kuchli uchlikka kirishga harakat qilishmoqda. Biz esa chempionlikka erishib bo'ldik, ammo maydonga tushib chiroli futbol ko'rsatishimiz kerak. Yaxshi kun va yaxshi g'alaba bo'ldi.

- Mavsum deyarli tugadi, "Paxtakor"ning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi sizningcha?

- Bitta futbolchini alohida ko'rsatish qiyin. Sababi butun mavsum davomida ko'plab futbolchilar yaxshi o'ynashmoqda. Masalan, Masharipov bu yil 40ta golli pas berdi. Kimdir esa shuncha gol urdi. Futbolda pas bergan o'yinchi juda muhim hisoblanadi.

- Taqvim haqida qanday fikrdasiz?

- To'g'risi hammasi yaxshi ketayotganida taqvimga etibor ham bermas ekansan. To'g'risi bu erga kelib ilk bor "ko'zguli" taqvimga guvohi bo'ldim.

- Yangi mavsumdan oldin qaysi chiziqni kuchaytirmoqchisiz?

- Har bir chiziqda yaxshi futbolchilar bo'lishini xohlayman. Yangi mavsumdan oldin bu tarkibdagi futbolchilarga raqobat tug'dira oladigan o'yinchilarni olib kelmoqchimiz.

- Igor Sergeev bu mavsum juda sermhsul o'ynamoqda...

- Agar yodingizda bo'lmasa 2017 yil ikkinchi davrada 14ta o'yinda 11ta gol urgandi va chet elga ketgandi. Igor gol urishni biladi, unda qiyin davrlar bo'ldi, muxlislar uni qo'llab-quvvatlashdi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика