So’nggi yangiliklar

18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  0 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  2 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  2 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  4 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5

SHota Arveladze: "Xavining kelishi raqibning "Paxtakor"ga bergan bahosi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Xavining kelishi raqibning "Paxtakor"ga bergan bahosi"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mezbonlar ustozi SHota Arveladze va futbolchi Marat Bikmaev qatnashdi.

"Bu juda ham og'ir o'yin bo'ladi. Ularning tarkibini, ularning tarixini bilasizlar. Jamoaning maqsadidan yaxshi xabardorsiz. O'z maydonimizda o'ynaymiz. Ertaga stadionda ajoyib muhit bo'ladi deb umid qilaman. Yaxshi o'yin, effektiv o'yin kutayapman. Natijani oldindan aytish qiyin. Guruhdagi vaziyatni yanada yaxshilamoqchimiz. Guruh bosqichi oxirigacha peshqadam bo'lishni va guruhdan chiqishni istaymiz", - deydi SHota Arveladze.  

"Kayfiyatimiz yaxshi. Umid qilamanki ertaga ham shunday bo'ladi. Bu bittagina o'yin, biz uchun juda muhim bahs. G'alaba qozonish uchun borimizni beramiz", - deydi Marat Bikmaev.



- Ertaga tarkibida Xavi, Gabi, Al Haydos va Bunedja kabi futbolchilari bor jamoaga qarshi o'ynaysizlar. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada?
- "Al Sadd" safida ko'plab yulduzlar bor. Ularni o'rganib chiqdik. Toshkentda mana shunday kuchli jamoa kelishi bayram. Xavi futbol afsonasi. Gabi ham yuqori saviyada o'ynagan. Ammo bizda ham qobiliyatli futbolchilar ko'p. Bizni qiziqarli o'yin kutamoqda. Bu Toshkentdagi ajoyib futbol kechasi bo'ladi.

- "Al Saad" 21ta o'yinda 92ta gol urdi. Bog'dod Bunedja esa deyarli 40ta gol urdi.
- Har qanday seriya bir kun kelib to'xtaydi. Biz bor kuchimiz bilan ularga qarshilik qilamiz. Agar seriya to'xtamasa ularni olqishlaymiz.

- Xavi o'tgan mavsumda OCHL safardagi o'yinlariga bormagandi. Bu yil ham ilk bor safarga chiqmoqda. Xavi bor va Xavi yo'q jamoa qanday?
- Agar Xavi ilk bor safarga chiqayotgan bo'lsa demak ular "Paxtakor"ni jiddiy raqib sifatida ko'rishmoqda. Xavi maydonda bir soat o'ynashi mumkin, o'sha vaqtni o'zi unga etarli.

- Azamov va Simich ertangi o'yinga tayyormi?
- Ha, kecha ular mashg'ulotda qatnashishdi. Umid qilamanki ertaga bizda yo'qotishlar bo'lmaydi.

- Ertaga "Paxtakor" qanday o'yin ko'rsatadi? Himoyaviy yoki hujumkormi?
- Raqibdan kelib chiqib o'ynaymiz. To'pni nazorat qilish va o'yinni nazorat qilishni istaymiz. Ertaga ko'proq shaxmat bo'lishi mumkin. Bu guruh bosqichi o'yini va har bir o'yin juda muhim.


- Ertaga "Al Sadd"ga syurpriz bormi?
- Agar syurprizlarimiz ko'p desam yolg'on bo'ladi. Ammo bir nechta tayyorlab qo'ygan narsalarimiz bor.

- Siz uydagi ikki o'yinda ham deyarli bir nuqtadan gol urdingiz. Ertaga ham o'sha nuqtada jarima to'pi bo'lishini istarmidingiz?
Marat Bikmaev: - Albatta xohlardim (kuladi). O'yinda vaziyatlardan foydalanish juda muhim hisoblanadi.

- "Paxtakor" jismonan va ruhan tayyormi?
- Osiyo chempionlar ligasidek kuchli musobaqadan oldin yigitlar ruhan tayyorlar. Jismoniy holatga keladigan bo'lsak har bir o'yindan keyin tiklanish va navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика