SHota Arveladze: "Tanaffus davrida ishga professional qarash lozim"
29 mar 2018 15:56
Yangiliklar
SHota Arveladze: "Tanaffus davrida ishga professional qarash lozim"
- Terma jamoalar haftasi hamisha qiyin. Bu davrda jamoa bir necha qismga bo'linadi. Kimdir dam olishga imkon bor deb o'ylaydi va bu vaqtda tinchlanadi. Aslida qiyin tayyorgarlik ketadi.
Barcha futbolchilar terma jamoalar safidan jarohatsiz qaytishdi. Olimpiya va milliy terma jamoa tarkibiga chaqirilganlar o'zlarini yaxshi tarafdan ko'rsatishdi. Murabbiylar ularning barchasiga o'ynash imkoniyatini tuhfa etishdi.
CHempionat o'yiniga tayyorlanish uchun oldimizda ikki kun vaqt bo'ladi. Uchish, iqlim va vaqt tafovuti jamoaga qiyinchilik tug'diradi. Ammo biz professionallarmiz va bo'lajak o'yinga masuliyat bilan yondoshish kerakligini to'g'ri tushunamiz.

Yangi format tufayli o'tkinchi o'yinlar endi bo'lmaydi. Hozir jamoalar har bir bellashuvda bor kuchi bilan kurashmoqda.
Muxlislar stadionlarga ko'proq kelishni boshlashdi. Bu esa futbolchilarga ikki karra ishtiyoq bag'ishlaydi, - deb takidladi SHota Yustinovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar