Shota Arveladze: "Tanaffus davrida ishga professional qarash lozim"

Aslanov Jasurbek
29 mar 2018, 15:56
"Paxtakor" bosh murabbiyi yuzaga kelgan tanaffus hamda chempionatning yangi formati xususida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Terma jamoalar haftasi hamisha qiyin. Bu davrda jamoa bir necha qismga bo'linadi. Kimdir dam olishga imkon bor deb o'ylaydi va bu vaqtda tinchlanadi. Aslida qiyin tayyorgarlik ketadi.


Barcha futbolchilar terma jamoalar safidan jarohatsiz qaytishdi. Olimpiya va milliy terma jamoa tarkibiga chaqirilganlar o'zlarini yaxshi tarafdan ko'rsatishdi. Murabbiylar ularning barchasiga o'ynash imkoniyatini tuhfa etishdi.


Chempionat o'yiniga tayyorlanish uchun oldimizda ikki kun vaqt bo'ladi. Uchish, iqlim va vaqt tafovuti jamoaga qiyinchilik tug'diradi. Ammo biz professionallarmiz va bo'lajak o'yinga mas'uliyat bilan yondoshish kerakligini to'g'ri tushunamiz. 

Yangi format tufayli o'tkinchi o'yinlar endi bo'lmaydi. Hozir jamoalar har bir bellashuvda bor kuchi bilan kurashmoqda.

Muxlislar stadionlarga ko'proq kelishni boshlashdi. Bu esa futbolchilarga ikki karra ishtiyoq bag'ishlaydi, - deb ta'kidladi Shota Yustinovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz