So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  19 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

SHota Arveladze: "Raqib uchun g'urur, biz uchun esa final o'yini bo'ladi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Raqib uchun g'urur, biz uchun esa final o'yini bo'ladi"

Ertaga, 23 sentyabr kuni OCHL G'arb mintaqasida 6-tur o'yinlariga start beriladi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi oxirgi turni Eronning "SHahr Xodro" klubiga qarshi o'tkazadi. Bugun o'yindan oldingi matbuot anjumanida bo'lib o'tdi. Biroz oldin forslar bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokidagi anjumanda aytilgan fikrlarni o'qigan edingiz.

"SHahr Xodro" bosh murabbiyi: "Paxtakor"ni hurmat qilaman"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladzega hujumchi Eren Derdiyok hamrohlik qildi.

SH.Arveladze: "Biz uchun har bir o'yin final bo'lyapti. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ular uchun bu o'yin g'urur uchun kechadi, forslarni xarakteri jangovar. Buni bilamiz, chunki Eron klublari bilan ko'p bor to'qnash kelganmiz. Biz uchun esa musobaqani davom ettiramizmi yoki yo'qligini ko'rsatib beradi. O'ylashimcha, yuqori darajadagi yaxshi o'yin bo'ladi, buni ertaga ko'rasiz".


E.Derdiyok: "Albatta, biz 3 o'yin o'tkazdik va ularning barchasida g'alaba qozonishga harakat qildik. Oxirgi tur bahsi esa o'z-o'zidan biz uchun finaldek bo'ladi. Ertaga eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatishga va guruhdan chiqishga harakat qilamiz".


- Ertangi o'yinda sizda raqib ("SHabab Al Ahli" nazarda tutilmoqda)dan ko'ra keyingi bosqichga chiqish imkoniyati yuqoriroq. Siz ertaga guruhdagi ikkinchi o'yin natijasini kuzatib borasizmi?

SH.Arveladze: - Yo'q, ikkinchi o'yin natijasini ko'rishga va kuzatib borishga imkoniyatim bo'lmaydi. CHunki, to'liq koncentraciyani o'z o'yinimga qarataman. Agar menda vaqt bo'lsa narigi o'yin hisobi qanday bo'layotganini so'rashim mumkin. Lekin, umid qilaman-ki ertaga bunga hojat qolmaydi. Barchasi o'zimizni qo'limizda.


- Oldingi 3 o'yindagi boy berilgan vaziyatlar o'yinchilarga ruhiy tomonlama salbiy tasir qilishi mumkin. Ruhiyat bilan bog'liq muammoni qanday hal qilmoqchisiz? Ular bilan suhbatlashdingizmi?

SH.Arveladze: - Men futbolchilarim bilan har kuni suhbatlashaman. Bu futbol. Bazida gol urasiz, bazida esa yo'q. Har bir o'yinda yaratayotgan vaziyatlarimiz juda muhim, chunki sen ko'proq vaziyat yaratayotgan bo'lsang, demak raqibdan ko'ra aqlliroq o'yin namoyish etayotgan bo'lasan. Sen ularni to'pni maydon tashqarisiga yoki shunchaki oldinga tepib yuborishga, bazida esa xato qilishga majbur qilasan. Bundan tashqari, raqib himoyachilari va darvozaboni ham maydonda shunchaki chiroyli fotolar uchun turmaydi-ku. Biz yanada ko'proq vaziyatlar yaratishga harakat qilishimiz kerak. Lekin, shunday hollar ham bo'ladi-ki, bitta vaziyat yuzaga keltirib gol urib ketishingiz mumkin. Futbolda nima bo'lishini oldindan aytib berolmaysiz, shunisi bilan ham u qiziq.


- Sen O'zbekistonning eng katta klubi bo'lgan "Paxtakor"ga kelding. "Paxtakor" oxirgi marta 10 yil oldin CHempionlar ligasida guruhdan chiqqan. Hozir esa pley-offga bir qadam qoldi. Senda hozir qanday hissiyotlar?

E.Derdiyok: - Men qandaydir yangi  gap ayta olmayman. O'ylashimcha, "Paxtakor" juda katta potencialga ega jamoa va klub. Keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga egamiz. Biz butun mamlakat sharafini himoya qilayotganimizni tushunib turibmiz va maqsadga etish uchun oldinga intilamiz.


- Ertangi raqib hali birorta gol ham urmagan. Ko'pchilik jamoadan g'alaba va keyingi bosqichga chiqishni kutmoqda. Sizda ertangi bellashuvda rotaciya qilish fikri yo'qmi?

SH.Arveladze: - Bunday fikr kelmadi. CHunki, hali pley-offga chiqmadik va bo'shashishga haqqimiz yo'q. Hech kimga bo'shashishga yo'l qo'ymaymiz. Hali gol urmagan jamoa degan jumla biroz chalg'ituvchi. CHunki, ular o'yin va statistika bo'yicha yomon emas. Ular vaziyatlar yaratishmoqda. Xatto, ular bilan Toshkentda o'tgan bahsimizda yirik (3:0) hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, ular o'yin bo'yicha juda yaxshi taassurot qoldirishgandi. Bu xarakterli va jangovar jamoa. "Al Hilol"ga qarshi oldingi bellashuvda ularda hech qanday imkoniyat qolmagandi, shunga qaramay borlarini berib kurashishdi. Menimcha, ertaga biz bilan ham oxirigacha kurashishadi.


Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика