So’nggi yangiliklar

23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  0 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  27 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  124 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7

SHota Arveladze "Paxtakor"da bosh murabbiy sifatida 100-rasmiy o'yinini o'tkazdi Yangiliklar

SHota Arveladze "Paxtakor"da bosh murabbiy sifatida 100-rasmiy o'yinini o'tkazdi

"Metallurg" bilan Superliganing 3-turidagi uchrashuv SHota Arveladze uchun "Paxtakor" boshqaruvida 100-rasmiy uchrashuvga aylandi.

100 o'yindan 75tasi chempionat, 14tasi O'zbekiston va Liga Kubogi, qolgan 11tasi esa CHempionlar ligasi musobaqalariga to'g'ri kelgan. CHempionatda 75 bahsda 55 g'alaba, 12 durang va 8 mag'lubiyat kuzatilgan. 170 gol raqib darvozasiga urilib, 54 to'p o'tkazib yuborilgan. 177 ochko qo'lga kiritilgan.

CHempionlar ligasida 6 g'alaba, 2 durang va 3 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati 17ga 12ni tashkil etadi. O'zbekiston Kubogida 8 o'yindan 7tasida muvaffaqiyatga erishilib, 28 to'p kiritib, 6 gol o'tkazib yuborilgan. Liga Kubogida 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat kuzatilgan. Unda raqib darvozasi 17 marta ishg'ol qilingan. 10 gol esa raqiblar tarafidan urilgan.

Jami ko'rsatkichlar esa shunday ko'rinish olgan: 100 o'yinning 73tasida g'alaba qozonilgan. 14 bahsda kuchlar teng kelib, 13 bellashuv raqiblar yutug'i bilan yakunlangan. Jamoa 232 to'p kiritib, darvozasidan 82 gol o'tkazgan. Gollar o'rtasidagi +150ni tashkil qilmoqda. Umumiy ochkolar soni esa 233taga etgan. Arveladze qo'l ostida "Paxtakor" 75 foiz uchrashuvlarda zafar quchgan, bir o'yinda 2,3 ochkoga ega chiqqan va bir bahsga o'rtacha ochko 2,33tadan qo'lga kiritilgan.

O'tgan mavsum o'zbek klublari ichida birinchi bo'lib "Paxtakor" trebl qayd etgan jamoaga aylangandi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика