So’nggi yangiliklar

09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  3 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  6 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0

SHota Arveladze: "O'zbekistondagi so'nggi matbuot anjumanimda o'zbekcha gapirishga vada beraman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "O'zbekistondagi so'nggi matbuot anjumanimda o'zbekcha gapirishga vada beraman"

O'zbekiston Liga Kubogining 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu musobaqani juda yomon boshlagan edik. Bugungi asosiy maqsad guruhdan chiqish edi, buni uddaladik. Raqib safidagi yosh futbolchilar bizga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Mavsumning birinchi qismi biz uchun juda uzun bo'ldi. SHunga qaramay bugungi bahsda ham asosiy tarkib bilan o'ynashga qaror qildik.

Bizning futbolchilar "Loko" safida yoshlar ekanini ko'rib biroz xotirjamlikka berilishdi shekilli. O'yin bu o'yin, "Paxtakor"ning har bir rasmiy o'yini klub imidji hisoblanadi. Liga Kubogi ko'plab mamlakatlarda bor va O'zbekistonda adashmasam ilk bor tashkil etilmoqda. Keyinchalik bu musobaqaga etibor kuchayadi deb umid qilaman.

Igor Sergeevga "Persepolis" qiziqayotgan ekan? Men arabcha o'qishni bilmayman. Bu erga mish-mishlarni muhokama qilish uchun yig'ilmadik. Bizga hech qanday rasmiy taklif bo'lgani yo'q.

Nima uchun muxlislar kamayib ketdi? Sababi hozir "chilla". Sababi faqat bu emas. Ammo bazida muxlislar uyda qolishni maqul ko'radi. Talabalar tatilda, ko'plab odamlar shahardan tashqariga chiqib ketishgan, ular qaytishadi va stadionimizda muxlislar ko'payadi.

O'zbek tilini o'rganib oldimmi? Ko'p so'zlarni o'rganib olganman. Turkcha va o'zbekcha bir biriga yaqinroq til bo'lgani bilan farqlari bor. O'zbekistondagi so'nggi matbuot anjumanimda o'zbekcha gapirishga vada beraman.

Akrom Komilov jarohatini davolamoqda. Selekciya ishlari davom etadi. Balki yangi futbolchilarni qo'shib olarmiz. Sidiqov bu mavsumda deyarli maydonga tushmaydi. Sadriddin Abdullaev, Dostonbek Hamdamov va Jasurbek Yaxshiboev esa yaqin kunlarda maydonga qaytishadi deb umid qilaman", - deydi SHota Arveladze.


Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика