SHota Arveladze: "O'zbekiston terma jamoasiga JCH saralashida super startni tilayman"
27 avg 2019 22:15
Yangiliklar


SHota Arveladze: "O'zbekiston terma jamoasiga JCH saralashida super startni tilayman"
"Natijani ko'rganlar oson o'yin bo'lgan deb o'ylashi mumkin, ammo har bir o'yin og'ir o'tmoqda. Ikkinchi davraning birinchi qismini ajoyib tarzda o'tkazdik. Endi kichik tanaffus bo'ladi. Klubimizning deyarli barcha azosi terma jamoalarga ketishadi. O'z navbatida O'zbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionati saralashida super startni tilayman. Bu futbolchilarga ham, terma jamoaga ham, o'zbek xalqiga ham kerak.
Ikkinchi o'rin bilan farq 15 ochkoga etdi. Bu katta farq. Intriga bor. Sababi bizdan keyingi o'rinlarda borayotgan klublar bir biriga juda yaqin joylashgan. Yana kubok o'yinlari ham kutib turibdi.
Bizning yigitlar futbol o'ynashni sevishadi. SHu bois ham ularda motivaciya yo'qolmaydi.
Sadriddin Abdullaev FIFA kunlaridan keyin safga qaytadi. Ammo Sidiqov va Komilov uchun mavsum yakuniga etgan. Ular keyingi mavsumga yaxshi tayyorlanishlari lozim bo'ladi", - deydi SHota Arveladze.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar