So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

SHota Arveladze: "Oldinda bizni qiyin va finalga teng o'yinlar kutmoqda" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Oldinda bizni qiyin va finalga teng o'yinlar kutmoqda"

"Buxoro" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

"O'ylashimcha, qiziqarli futbol ko'rdik. Muxlislar chiroyli muhit hosil qilishdi va bunday holatda o'ynash yoqimli. Maydon yaxshi o'ynashimizga mushkullik tug'dirdi. Yigitlar bugun juda yaxshi harakat qilishdi. Ikkita gol urdik, yana bir golimiz inobatga olinmadi. Ahmedov, Azamov va Griffits jarohat sababli maydonga tushmadi. Hoshimovda ham engil shikast borligi uchun Buxoroga kelmadi.

Mezbonlar to'pni uzoq masofaga etkazib berib, keskin hujumlar uyushtirishga intilishdi. Biz buni kutgandik va shunga yarasha himoyada bexato o'ynashga urindik. Oldinda bizni qiyin va finalga teng o'yinlar kutmoqda. To'rt bellashuv ahamiyati juda muhim. Har bir holat barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Jamoa kurashishga o'rganmoqda. Bazi o'yinlar shunga majbur qiladi. Imkon qadar barchasiga tayyor turish lozim.

Penalti bo'lgan vaziyat mendan taxminan 70-80 metr uzoqda edi. Biron narsa deya olmayman. Masalan o'tgan turda toza golimizni hisobga olishmadi. Namanganda yutqazdik, ammo hakamlarga rahmat dedim. Toshkentdagi o'yilarimizga 3000 odam keladi, ularning ovozi ham eshitilmaydi. "Buxoro"ni yanada kuchliroq qo'llab quvvatlashingiz lozim, sizlarda yaxshi jamoa bor, - deydi SHota Arveladze.

 


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика