So’nggi yangiliklar

09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  5 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  1 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0

SHota Arveladze - "Buxoro" bilan o'yindagi hakamlik, Masharipov va Lobanov haqida Yangiliklar

SHota Arveladze - "Buxoro" bilan o'yindagi hakamlik, Masharipov va Lobanov haqida

"Paxtakor" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze va Farrux Sayfiev ishtirok etdi.

"Barcha o'yinlar finaldek o'tmoqda. Biz barcha o'yinlarni bugungidek o'tkazishni istaymiz. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, raqibdan va hakamlardan bir kalla ustun edik. Stadionga kelgan ko'plab muxlislar bugun chiroyli futbol tomosha qildi. Toshkentda ham futbolni sevishlarini ko'rayapmiz. Yana bir bor futbolchilarimni tabriklamoqchiman", - deydi SHota Arveladze.

"Bugun ko'plab vaziyatlar yaratdik. Raqibdan bir bosh ustun edik. Agar vaziyatlardan unumli foydalanganimizda yirik hisobda yutardik. Uch ochko qo'lga kiritdik. Muxlislarimizni tabriklaymiz", - deydi Farrux Sayfiev.



- Ketma-ket ikkinchi o'yinda "Paxtakor"ning toza goli hisobga olinmadi. SHikoyat yozasizmi?

- Albatta yozamiz. CHegaradan chiqib ketdi. Barcha xato qiladi tan olaman, lekin bu endi juda shubhali. Agar videoni ko'rsangiz bilasiz. Golni bunday bekor qilishmaydi. Agar bu hakamlar ishlashni bilishmasa o'qib o'rganishsin. Men boshidan hakamlarni yonini olib kelganman. Futbol, muxlislar, hakamlar va maydon barchasi bitta narsa. APL, Ispaniya chempionati qanday desam hamma maqtaydi. Sababi u erda barcha narsa bor.

- Jamoa har to'rt kunda o'yin o'tkazayapti. Lekin rotatciya kam.

- Sababi biz yaxshi o'ynayapmiz. To'g'ri biz qiynaldik, maksimum 2 nafar futbolchini o'zgartirgan bo'lardim. Lekin o'zgartirmaslikka qaror qildik va bu qaror to'g'ri bo'lib chiqdi. Umid qilamanki, zaxirada o'z vaqtini kutayotgan va albatta maydonga tushadigan futbolchilar ham butun jamoa haqida qayg'urishmoqda.

- Masharipovning o'yini sizga yoqadimi?

- U ko'proq darvozaga zarba berishini istayman, gollar, golli paslar ko'proq bo'lishini xohlayman. Maydonda "jahldor" bo'lishi kerak. Raqib jarima maydoni ichiga kirib nima qilib bo'lsa ham zarba berishini xohlayman.



- Maydonda juda ham agressivsiz. Fel-atvoriz shunaqami yoki faqat maydonda shundaymisiz?

Farrux Sayfiev: - Xarakterim shunaqa. O'yin paytida o'yinga kirishib ketaman. Bahs tugagach barcha bilan aka-ukamiz. "Paxtakor"ga to'la moslashib ketdim.

- Eldorbek Suyunov barcha jihatlari bo'yicha Lobanovdan ustunmi? Nima uchun hech bo'lmasa kubok bahsida imkon berilmayapti?
- Agar biz OCHL, CHempion va kubokda ishtirok etganimizda boshqa gap edi. Yo'q barcha jihatlari bo'yicha ustun demagan bo'lardim. Darvozabon oxirgi 10-15 daqiqa almashtiriladigan poziciya emas. Lobanov bilan yuzma-yuz gaplashib oldim. U kutmoqda. Unga mavsumni bir darvozabon bilan o'tkazishga umid qilishimni aytdim. Bu mavsum davomida asosiy darvozabon biz xohlagandek o'ynaydi deganidir. To'g'ri bu javob unga yoqmagan. Bu odatiy raqobat. Mashg'ulotlar vaqtida ularning ikkisi ham to'liq va professionallarga xos ishlashmoqda.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика