So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

SHota Arveladze: "Bunyodkor" – "Lokomotiv" uchrashuvida hech kimga muxlislik qilmayman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Bunyodkor" – "Lokomotiv" uchrashuvida hech kimga muxlislik qilmayman"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi va futbolchisi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Qiziqarli jangovar o'yin guvohi bo'ldik. Stadionga kelgan muxlislar ham aslo zerikib qolishmadi. O'ylashimcha, bugungi shiddatli bahs barchaga manzur keldi. Bugungi o'yinda hammani maqtay olaman. Biz raqibni sinchiklab o'rganib chiqqandik. Ularning o'yin uslubini o'zlashtirib, shunga qarab tayyorlandik. Ikkinchi bo'limda ular birgina to'p oshirmadan boshqa hech narsasi bilan yodimda qolmadi. Birinchi bo'limda Eldorbek Suyunov jamoani qutqardi. Umuman olganda juda ham muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

Rostin Griffits? Unda kichik jarohat bor edi. SHu boisdan ham oxirgi uchrashuvlarda maydonga tushmayotgan edi. SHuningdek, jamoadagi raqobat ham hech qaysi futbolchiga asosiy tarkibga kirishiga kafolat bermaydi. Biz faqatgina ular bilan tuzgan shartnomaga kafolat beramiz. Boshlang'ich tarkibga kirish uchun esa raqobatni engib o'tish kerak.



Gonsalvesh? Uning o'yini meni mutlaqo qoniqtirmoqda. Safarda bizga eng katta noqulaylik bo'layotgan jihat, bu maydonning holati. SHuningdek, har qanday jamoa safarda o'ynashga qiynaladi.

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” o'yinida kimga omad tilayman? Men faqat “Paxtakor”ga omad tilayman. Ertangi o'yinda hech kimga muxlislik qilmayman. CHunki, men faqat “Paxtakor”ga ishqibozlik qilaman. Qolgani meni qiziqtirmaydi", - deydi SHota Arveladze.


 
Tiago Bezerra: "O'tgan turda safardagi g'alaba bizni yanada ruhlantirdi. Bugungi o'yinda keskin kurash kechdi. “Navbahor”ga o'tgan mavsumda mag'lub bo'lgan edik. Bugun esa qiymati yuqori bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik".

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика