So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

SHota Arveladze: “Birinchi finalchi bo'ldik. Bundan xursandman” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Birinchi finalchi bo'ldik. Bundan xursandman”

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi SHota Arveladze va Tiago Bezerra ishtirok etdi.

SHota Arveladze: - Bugungi o'yin og'ir bo'lishini bilardik. Yarim finalning bitta o'yindan iborat ekanligi ham uchrashuv shiddatli o'tishidan dalolat berardi.

“Qo'qon-1912” jamoasi bilan har doim murakkab o'yin bo'lgan. Goh safarda bo'lsin, goh o'z maydonimizda bo'lsin. Bu bizni biroz xavotirga solardi. Biz Qo'qonga finalga chiqish uchun kelgandik. Haqli ravishda finalga chiqdik. O'tkazib yuborgan ikkita gol bizga xalal bermadi va beshta gol urdik.

“Paxtakor” muxlislarini ham bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ular bugun bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishdi. Bugun chiroyli o'yin namoyish etgan futbolchilarga ham rahmat aytaman.

- O'yin kuni tushdan so'ng bahs hakami elon qilindi. Faoliyatingizda shunday holat bo'lganmi?

- Bu savol menga emas.

- Hujumda to'rt nafar hujumkor futbolchiga maydonda qanday qilib joy topib berdingiz?

- Buni darhol amalga oshira olmadik. CHeran va Masharipov maydonda katta hajmda ishni bajarishmoqda. Ular to'pni ushlab turib, zarur paytda paslari bilan hujumni boshlay olishadi. Birdaniga to'rt hujumkor futbolchiga joyni topishimiz oson bo'lmadi.

- Finalda kim raqib bo'lishini istardingiz?

- Oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Final bitta o'yindan iborat. Biz birinchi bo'lib hal qiluvchi bahsga yo'llanma oldik, bundan xursandman. Finalda nima bo'lishini endi ko'ramiz.

Tiago Bezerra: - Birinchi navbatda muxlislarimizga minnatdorchilik bildiriman. Qo'qonda doimo og'ir bo'lgan. Bugun biz tez gol urdik, ammo tezda hisob tenglashdi. Ammo yuqori maqsad qo'ygan jamoa g'alaba qozonishi kerak. Lekin shunday bo'lsa-da, finalga loyiq ekanligimizni isbotladik. Yana bir bor muxlislarimizni tabriklayman.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика