So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

SHota Arveladze: "Abdurahimov ikkinchi bo'limda eng yaxshi futbolchi bo'ldi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Abdurahimov ikkinchi bo'limda eng yaxshi futbolchi bo'ldi"

Superliganing 1-tur doirasidagi "Paxtakor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Intizorlik bilan kutilgan futbol mavsumiga start berildi. Superligani g'alaba bilan boshlaganimiz quvonarli holat. Qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Bugun raqibdan ko'ra ko'proq vaziyat yaratdik. "So'g'diyona" birinchi bo'limda faqatgina birgina zarba yo'lladi.

Ikkinchi bo'limda Rahmatullaevni maydonga tushurish orqali maydon markazidagi o'yin yaxshilandi. Tanaffusda futbolchilarga oldingi chiziqda ko'proq harakat qilishni, hujum orqali raqibga ko'proq bosim uyushtirishni uqtirgandim. Bizga g'alaba zarurligi va mavsumni uch ochko bilan boshlash nihoyatda muhimligini aytib o'tdim. Tanaffusdan keyin jamoamiz tashabbusni butkul o'z qo'liga oldi va haqli ravishda g'alaba erishdik.

Nafaqat bizda, balki chempionatdagi boshqa ko'plab jamoalarda ham kuchli tarkib mavjud. CHempionat baribir 15 futbolchi bilan o'tkaziladi. Afsuski biz OCHLda ishtirok etmaymiz. Uchinchi frontda ham ishtirok etganimizda yana bir nechta futbolchilarga ehtiyoj sezilardi.

Bahrom Abdurahimov ikkinchi bo'limda eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Demak uni qanotda emas, balki hujumchi ortida o'ynatgan ko'proq foyda. Bu meni shaxsiy fikrim. CHempionat hali endi uzoq davom etadi. Bizni juda qiziqarli va qizg'in o'tadigan Superliga kutmoqda.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика