So’nggi yangiliklar

01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  78 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

“SHo'rtan”da bir mavsum o'ynab yana Qirg'iziston chempionatiga qaytgan futbolchi yoxud Sanjar To'raqulov bu safar “Alay”ni tanladi Yangiliklar

“SHo'rtan”da bir mavsum o'ynab yana Qirg'iziston chempionatiga qaytgan futbolchi yoxud Sanjar To'raqulov bu safar “Alay”ni tanladi

Qashqadaryolik futbolchi Sanjar To'raqulov bu yildan yana faoliyatini xorijda davom ettirishga qaror qildi.

Taniqli murabbiy Zoir To'raqulovning kenja farzandi bo'lgan 32 yoshli markaziy yarim himoyachi yurtimizda Superliga jamoalarida o'z o'rnini topishga qiynaldi. Ilgari “SHo'rtan”, “Andijon” va “Obod” jamoalari safida Superligada o'ynagan bo'lsada, barqarorlikni saqlab qola bilmadi. SHu bois futbolchi o'z omadini qo'shni Qirg'iziston chempionatida sinab ko'rish maqsadida 2018-2019 yillar davomida Bishkekning “Alga” jamoasida o'ynadi. 2020 yili esa o'zi uchun qadrdon bo'lgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga qaytib bir mavsum uyida o'ynadi xolos. Markaziy yarim himoyachi joriy mavsum ham yana legioner sifatida o'ynashga qaror qilib, bu safar O'shning “Alay” jamoasiga ko'chib o'tdi. May oyida boshlanadigan OFK Kubogi musobaqasida “Alay” jamoasi ham “F” guruhida o'z ishtirokini boshlaydi.  Etiborlisi ushbu guruhdan Qarshining “Nasaf” jamoasi ham o'rin olgan. 14 may kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda “Alay” jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvini “Ajdarlar”ga qarshi o'tkazadi. Yaqinda “Alay”dagi legionerimiz Sanjar To'raqulov bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik. 

- O'tgan mavsum sizni “SHo'rtan”da ko'rgandik. Bu yil esa Qirg'izistonda. “Alay” jamoasida paydo bo'lishingiz qanday yuz berdi?

- Mart oyida “Alay” klubi rahbarlari men bilan aloqaga chiqib, jamoasiga taklif etdi. SHart-sharoitlarni hammasini o'ylab ko'rganimdan keyin taklifni qabul qildim va yana Qirg'izistonga jo'nab ketdim. Bilsangiz kerak, bu erda ilgari ham o'ynaganman. 2018-2019 yillar davomida “Alga”da faoliyat yurtganim uchun ham chempionat menga begona emasdi. Qolaversa “Alay” o'tgan yili mamlakat Kubogini qo'lga kiritib, OFK Kubogi musobaqasida ishtirok etish xuquqiga ham ega bo'ldi.  

- Yangi jamoaga qo'shilganingizga hal ko'p vaqt bo'lmaganini inobatga olib aytadigan bo'lsak, dastlabki taassurotlar qanday?

- Taassurotlarim yomon emas. Jamoadagi ichki muhit yaxshi. Futbolga bo'lgan ishtiyoq yuqori saviyada. Rahbariyat futbolchilarga imkon qadar yaxshi sharoitlarni yaratib berishga xarakat qilmoqda. May oyida Osiyoda nufuzi bo'yicha OCHLdan keyingi o'rinda turadigan OFK Kubogi turnirida ishtirokimizni boshlaymiz. Jamoaning oldiga har bir o'yinda maksimal natija qayd etish vazifasi qo'yilgan.   

- O'tgan mavsum O'zbekiston PRO-Ligasida o'ynadingiz. Bu yildan yana Qirg'izistonda faoliyat yuritib kelmoqdasiz. CHempionatlar o'rtasidagi tavofut kattami?

- O'zbekiston PRO-Ligasi bilan Qirg'iziston chempionatini deyarli teng degan bo'lardim. Xozir bu erda 7-tur o'yinlari o'tkazildi. “Alay” turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi hozircha. 

- CHempionlik uchun asosan “Dordoy “ bilan “Alay” o'rtasida kurash kechadimi?

- Ularning qatoriga “Alga” bilan “Abdish Ota”ni ham qo'shsak bo'ladi. 

- O'zbekistonlik futbolchilardan yana kimlar bor?

- Men bilan birga hujumchi Idris Bikmaykin ham “Alay”da o'ynamoqda. SHuningdek o'tgan mavsum “Neftchi”da o'ynagan darvozabon SHerzod Abduraimov va Temur Tolipovni aytish mumkin.  Bulardan tashqari yana o'zbekistonlik men yaqindan tanimagan futbolchilar bor. 

- “Alay”da bosh murabbiy kim?

- Tojikistonlik No'monjon Usupov boshqarmoqda. 

- Legionerlardanchi?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, O'zbekistondan men bilan birga Idris Bikmaykin kelgan. SHuningdek Tojikiston, Afrika va Tunis davlatlaridan ham futbolchilar taklif etilgan. 

- “Alay” bu yilgi OFK Kubogidagi ishtirokini “Nasaf”ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Umuman guruhdagi raqiblar haqida nima deysiz?

- Jamoamiz o'rin olgan “F” guruhida kuchli raqiblar bilan ro'baro' kelamiz. “Nasaf” mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri. Qolaversa “ajdarlar” bundan 10 yil oldin OFK Kubogini qo'lga kiritgan. Tarkibi yoshlardan tashkil topgan va tezkor o'yin namoyish etadi. O'z o'yin uslubiga ega. Ularga qarshi o'yin oson bo'lmasligini yaxshi tushunib turibmiz. Lekin biz ham qarab turmaymiz va ijobiy natijaga erishish uchun astoydil kurashamiz. Qolgan raqiblarimiz "Oltin Asir" (Turkmaniston) bilan  "Xo'jand" (Tojikiston) ham o'z mamlakatining grand klublari hisoblanadi. OFK Kubogidagi o'yinlar boshlanguniga qadar oldimizda yana vaqt bor. Hozir asosiy etibor ko'proq ichki chempionatga qaratilgan. 

- Jamoada raqobat qay darajada?

- Har bir jamoada o'ziga yarasha raqobat bo'lgani singari, “Alay”da ham raqobat bor. Albatta uni bo'lgani yaxshi. CHunki raqobat bo'lsa o'sish ko'zga tashlanadi.

- Oylik maoshlar bo'yicha nima deysiz?

- Qancha miqdorda ekanligini ayta olmayman. Lekin maoshlarimizni o'z vaqtida olamiz. 

- Klub qarorgohida istiqomat qilasizmi yoki alohida kvartiradami?

- Jamoa o'z bazasiga ega. Legionerlarga qulaylik yaratish maqsadida alohida kvartira berilgan. 

- Superligada nima uchun o'ynab keta olmaganingizni tahlil qilib ko'rganmisiz?

- Superligada bemalol o'ynab ketishimga kuchim etadi deb hisoblayman. 2016 yili sobiq “Obod” jamoasi tarkibida Superligada o'ynagandim. Keyinchalik jamoa o'z faoliyatini yakunlagach, ko'p futbolchilar singari men ham jamoasiz qolib ketgandim. Ochig'ini aytganda, shundan keyin Superliga klublaridan takliflar bo'lmadi. SHuning uchun Qirg'izistondan taklif bo'ldi va ikki yil Bishkekda o'ynab yana “SHo'rtan”ga qaytdim. Bu yil ham o'zimizning klublardan chorlov bo'lmagach, faoliyatimni yana Qirg'iziston chempionatida davom ettirishga qaror qildim. Agarda O'zbekiston Superliga klublaridan taklif bo'lsa, bajonidil qaytib o'ynardim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика