So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  7 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"SHo'rtan" jamoasida yangi legionerlar ko'rikdan o'tishadi Yangiliklar

"SHo'rtan" jamoasida yangi legionerlar ko'rikdan o'tishadi

Bu yildan Oliy ligada faoliyat yuritadigan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiining selekciya ishlari qizg'in pallaga kirdi.

Bundan avval xabar berganimizdek, yaqin kunlarda jamoamiz safiga “Olmaliq” klubining sobiq azosi, serbiyalik himoyachi Darko Stanoevich va turkmanistonlik legioner futbolchi, qanot yarim himoyasida o'ynaydigan Amanov Arslanmurotlar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Darko Stanoevich mamlakatimiz futbol ishqibozlariga tanish. Arslanmurat Amanov yurtimiz futbol muxlislariga tanish emas.

Ushbu futbolchi 1990 yil 28 martda Turkmaniston Respublikasining Mari viloyatida tavallud topgan. U o'tgan mavsumda Qozog'istonning Pavlodar shahrining “Irtysh” klubida to'p surgan. 24 marta maydonga tushib, 1ta gol muallifi bo'lgan. Turkmansiton milliy terma jamoasi azosi va Turkmaniston Olimpiya terma jamoasida ham o'ynagan. U milliy terma jamoa safida 19 marta maydonga tushib, 6ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu legioner o'tgan yili “Olmaliq” jamoasi ko'rigida ham bo'lgan.

Ayni kunlarda legioner futbolchilarning viza masalasi hal bo'lish arafasida turibdi. Ushbu masala ijobiy amalga oshsa, futbolchilar kelasi haftadan jamoa safiga qo'shiladilar va jamoa ko'rigidan o'tishadi.

Legioner futbolchilar murabbiylarga maqul bo'lsa, klub rahbariyati ular bilan shartnoma tuzishga tayyor.

Jamoa selekciya ishlari davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика