So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  6 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  5 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

"SHo'rtan" yilni qarzdorliksiz yakunlaydi Yangiliklar

"SHo'rtan" yilni qarzdorliksiz yakunlaydi

Bu haqda O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev Telegram'dagi sahifasida malum qildi.

"Biz klub smetasiga akademiya va stadion projektorlari masalasini kiritgandik. Buning natijasida:

- akademiya qayta tamirdan chiqdi;

- akademiya faoliyati uchun mablag' ajratila boshlandi;

- akademiya normal sharoitda ishlashni boshladi;

- projektor 400 lyuksdan 1300 ga etkazildi.

2023 yilning mart oyiga qadar projektor yanada yaxshilanadi. Biz 2022 yilning yoz oyidan boshlab G'uzordagi o'yinlarni shom vaqtidan keyin o'tkazishga erishdik. Maydon Pro liga talabiga to'la javob beradi. 

Akademiya, projektor uchun pul yo'naltirilgach, "SHo'rtan"da kuchli futbolchilar jalb qilish imkoni tabiiyki bo'lmadi. Evaziga klub biz istayotgan darajadagi faoliyatga qaytdi. Yaxshi menejer stabil faoliyatdir. Futbol klublarining hammasida ham bunday menejerlar yo'q. "SHo'rtan"ning yutug'i hozircha shunda. Klub bor pulini futbolchilar uchun sarflab, Superliga uchun kurashishi ham mumkin edi. Ammo u birinchi galda botqoqdan chiqdi, o'ziga kelishni boshladi, zanjirli muammolarga barham berdi. Endi esa normal akademiya va to'g'ri boshqaruv bilan yildan yilga o'sib borish imkoniyatiga ega.

O'zbek futboliga qo'shtirnoq ichidagi tajribali futbolchilardan iborat futbolchilar to'dasi emas, normal darajada faoliyat olib boradigan professional futbol klublari zarur. Biz shu g'oya bilan ishlayapmiz. Faqat nomigina professional bo'lgan futbol klublarini tom manoda normal klublarga aylantirish o'ta qiyin va azobli kechayotganini kanalimiz o'quvchilari bilishlari kerak", – deyiladi xabarda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика