"Sho'rtan" Toshkentda yig'in o'tkazadi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 18:05
O'zbekiston Liga Kubogi-2019 musobaqasining guruh doirasidagi so'ngi uchrashuvidan keyin “Oq bo'rilar” jamoasi yigitlari 6 -16 iyulgacha yozgi tatilga chiqishdi.

Tanaffusdan keyin  “Sho'rtan” jamoamiz ikkinchi davraga shu yilning 16-21 iyul kunlari poytaxtda tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borishadi.  Jamoamiz o'zi uchun qarorgoh sifatida Toshkentdagi “Mumtoz Chilonzor” mehmonxonasini tanladi.   

Bosh murabbiy Sergey Kovshov o'z shogirdlari bilan yig'in davomida 17 iyul kuni “Oq tepa” tibbiyot maskanida tibbiy ko'rikdan o'tishadi. 

Bevosita yig'inga to'xtaladigan bo'lsak, mashg'ulotlar bilan birgalikda “Oq bo'rilar” jamoasi futbolchilarining jismoniy taktik faoliyatini kuchaytirish va o'yin amaliyoti malakasini oshirish maqsadida bir nechta nazorat o'yinlarini tashkil etish ham rejadan o'rin olgan. Bu orqali murabbiylar guruhi tarkibda shug'ullanayotgan futbolchilar imkoniyatlarini yanada chuqurroq bilib olishni va o'ylangan taktik sxemaga moslashtirishni maqsad qilishgan. 

“Sho'rtan”ning sinov-nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari  deyarli ma'lum. Bular Superliga vakillari “Qo'qon-1912” (18 iyul), “Lokomotiv” (20 iyul) va “So'g'diyona” (21 iyul). 

“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia