"SHo'rtan" tayyorgarlikni davom ettirmoqda
17 jan 2019 17:59
Yangiliklar
"SHo'rtan" tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Xabaringiz bor kuni kecha g'uzorlik futbolchilar Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. Ushbu uchrashuvda 4:1 hisobda “SHo'rtan” jamoasi engildi. Lekin bu mag'lubiyatdan murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash ustida ko'proq ish olib borish kerakligi to'g'risida xulosaga kelishdi.
“Oq bo'rilar” jamoasi har kungi mashg'ulotlardan so'ng, ikkiga bo'lingan holda o'zaro nazorat o'yinlari o'tkazishmoqda. O'tkazilayotgan nazorat uchrashuvlari bu yilgi asosiy tarkibga yangi iqtidorli va malakali nomzodlarni tanlab olishda qo'l kelyapti. Uchrashuvlar mashg'ulotlar bo'lib o'tayotgan G'uzordagi “Bolalar futbol majmuasi” o'yingohida tashkillashtirilmoqda.
SHu kunlarda rejaga ko'ra, Akmal Saitqulov boshchiligidagi “oq bo'rilar” jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Bo'lajak raqib jamoa nomi tez orada malum bo'ladi.
"SHo'rtan" PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar