So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  4 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

"SHo'rtan" - Robin Gudmi? Yangiliklar

"SHo'rtan" - Robin Gudmi?

Teglar :  SHo'rtanRobin Gud
Robid Gudni hammamiz eshitganmiz. U haqida kinolar ko'rganmiz, hikoyalar o'qiganmiz.

Robid Gud - ingliz xalqi qahramonlaridan biri bo'lib, u asosan qaroqchilik bilan shug'ullangan. Eng katta qilgan ishi boylikni boylardan o'g'irlab kambag'allarga tarqatgan.

Robin Gudning futbolga nima aloqasi bor dersiz? Bor ekan, bo'lganda ham "SHo'rtan" Robin Gud timsolini o'zbek futboliga singdira oldi. Gap shundaki, g'uzorliklar bu yil oliy ligada juda g'alati o'yin namoyish etishmoqda.

Hozirda bu jamoa 12ta o'yindan so'ng 12 ochko jamg'argan holda 13-o'rinda bormoqda. "SHo'rtan" to'rtta o'yinda g'alaba qozongan va 8 ta bellashuvda mag'lub bo'lgan, hali durang o'ynamagan. To'plar nisbati 11-17.

Qizig'i shundaki, "SHo'rtan"ning barcha g'alabalari uydagi uchrashuvlarda qo'lga kiritilgan. G'uzorliklar uyda "Lokomotiv", "Paxtakor" "Neftchi", "Bunyodkor" kabi nomdor klublardan ustun kelgan-u, biroq "Mashal", "Qo'qon-1912" jamoalariga yutqazib qo'ygan. Jamoa kecha o'z maydonida yana mag'lub bo'ldi.

O'z maydonida "Neftchi" va "Bunyodkor"ni 1:0 yutgan jamoa, "Lokomotiv"dan 2:0, "Paxtakor"dan esa 3:0 hisobida ustun kelgan. Va eng muhimi, "SHo'rtan" g'alaba qozongan o'yinlarda darvozasidan gol o'tkazib yubormagan.

"SHo'rtan" kecha "Olmaliq"qa qarshi bahs olib borib, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindagi yagona gol Dilshod Jo'raev tomonidan kiritildi. Jamoa murabbiylarining aytishicha, o'yin ancha zerikarli kechgan va bitta gol bahs taqdirini hal etgan. Darvoqe, kechagi g'alabadan keyin "Olmaliq"ning ketma-ket mag'lubiyatsiz seriyasi sakkizta o'yinga etdi.

"SHo'rtan"ga kelsak, bu jamoa nomdor klublardan ochko olishga olyapti-yu, lekin o'rtamiyonalar bilan o'yinda yutqazib qo'yyapti. Qanday qilib uyda "Loko", "Paxtakor", "Bunyodkor"dan ustun kelgan jamoa "Mashal", "Qo'qon-1912" va "Olmaliq"qa yutqazib qo'yishi mumkin, hayronmiz. Ehtimol bularning bari o'yinga bo'lgan yondoshuv hamda ruhiyat bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

SHunday qilib, g'uzorliklar kuchlilardan ochko olib, o'zi qatori jamoalarga ochko berishda davom etyapti. Bir so'z bilan aytganda, Robin Gud misoli harakat qilmoqda.

X.Xoliqov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика