"SHo'rtan": "Navbatdagi raqib "Lokomotiv" bo'ladi"
01 fev 2014 14:52
Yangiliklar

"SHo'rtan": "Navbatdagi raqib "Lokomotiv" bo'ladi"
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan “Oq bo'rilar” jamoasi tayyorgarlik jarayonini poytaxtda olib borishmoqda.
Avval xabar berib o'tilganidek, o'quv-yig'in mashg'ulotlari bilan bir qatorda sinov-nazorat uchrashuvlari ham rejalashtirilgan edi. Hozirga qadar Muxtor Qurbonov boshqaruvidagi jamoa “Paxtakor” yoshlari (2:4) va “Buxoro” (2:1) klublari bilan maydonda o'zaro kuch sinashib ko'rdi. Endi esa 2 fevral kuni “SHo'rtan” yana bir necha kundan so'ng, Osiyo CHempionlar Ligasi turniridagi o'z yurishini boshlashga yaqin turgan poytaxt “temiryo'lchilari” bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Eslatib o'tish joiz, mazkur bahs Hakim Fuzaylov jamoasi uchun
nufuzli xalqaro turnir oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab berishi bois “Lokomotiv” va qolaversa “SHo'rtan” ham maydonga to'liq asosiy tarkib futbolchilari bilan tushishi kelishib olingan.
Uchrashuv 2 fevral kuni Toshkent viloyatining “Do'stlik” stadionida soat 15:00 da boshlanadi.
“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati

Fikrlar