So’nggi yangiliklar

16:54"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  14 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  22 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  4 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   34 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  69 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2

“SHo'rtan” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

“SHo'rtan” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  SHo'rtanNasaf
Yurtimiz stadionlarida oliy ligada ishtirok etadigan jamoalar yana o'zaro bahslarga kirishishadi.

Navbatdagi 13-tur uchrashuvlari 14-16 iyunb kunlari bo'lib o'tadi.

Ushbu turda Qashqadaryo viloyatining ikki jamoasi o'zaro kuch sinashadi. Mazkur bahs voha derbisi maqomiga ega.


O'zPFL, 13-tur
“SHo'rtan” (G'uzor) – “Nasaf” (Qarshi)
15.06.2017. “G'uzor” markaziy stadioni. 19:00da
Bosh hakam
: SHerzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Andrey Capenko (Toshkent vil.), Nabiyjon Ro'zimov (Toshkent)
Zaxira hakami: Asker Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.
 
15 iyun kuni bo'ladigan uchrashuv jamoalarning 23-tuqnashuvi bo'ladi. O'tkazilgan 22 bahsning 16 uchrashuvida “ajdarlar” g'alaba qozonishgan bo'lsa, “SHo'rtan” hisobida 5 ta g'alaba mavjud. Atigi bir o'yinda jamoalar murosa yo'lini tanlashgan. 2010 yili Qarshida 8523 tomoshabin ko'z oldida kechgan uchrashuvda, 0:0 natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati 23-50 ko'rinishida, jamoamiz ustunligini ko'rsatmoqda. O'zaro o'yinlarda jamoamiz “SHo'rtan”ni eng yirik 5:0 hisobida, “SHo'rtan” esa jamoamiz ustidan eng yirik 3:2 hisobida g'alabaga erishgan.

Ushbu jamoalarning o'rtasida kechgan bahslar tarixiga nazar tashlasak, eng ko'p gol kiritgan futbolchilar hamon Zafar Xolmurodov va Igor Taranlar bo'lib turishibdi. “Nasaf” jamoasining sobiq va afsonaviy futbolchisi “oq bo'rilar” darvozasini 7 marta aniq nishonga olgan. SHuningdek, Igor Taran ham “ajdarlar” darvozasini 5 marta ishg'ol qilgan.

G'uzorda o'tkazilgan 11ta uchrashuvdagi natijalar bo'yicha ham kichik ustunlik “Nasaf” tomonida. Jamoamiz shu paytgacha G'uzorda o'tkazilgan uchrashuvlarda 6 marta g'alaba qozongan. “SHo'rtan” esa 5 marta g'alabaga erishgan. SHunisi qiziqki, hali biron marta G'uzorda durang natija qayd etilmagan. “Oq bo'rilar” so'nggi marta 2011 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida jamoamiz ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishgan.

G'uzorda o'tkazilgan 11ta uchrashuvda jami darvozalarga 35ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 15-20, bunda ham ustunlik jamoamiz tomonida. G'uzorda o'tkazilgan ikki uchrashuvda “SHo'rtan” futbolchilari gol ura olishmagan. Jamoamiz futbolchilari ham ikki uchrashuvda G'uzordan golsiz qaytishgan.

G'uzordagi oxirgi o'zaro o'tkazilgan 4 uchrashuvda “Nasaf” g'alaba qozongan.

“Nasaf” jamoasi bu safar G'uzorga Dragan CHeransiz tashrif buyuradi. Serbiyalik hujumchimiz sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois, ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

15 iyun payshanba kuni bo'ladigan 13-tur,  “SHo'rtan” – “Nasaf” jamoalari uchrashuvi G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Bir kun oldin,  yani 14 iyun chorshanba kuni bo'ladigan kichik derbi,  G'uzordagi “Bolalar futbol markazi” maydonida soat 17:30da boshlanadi.

G'uzorda bo'lib o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
03.08.2016. 16-tur. “SHo'rtan” – “Nasaf” 0:3
26.04.2015. 6-tur. “SHo'rtan” – “Nasaf” 1:2
18.10.2013. 22-tur. “SHo'rtan” – “Nasaf” 1:4
11.05.2012. 8-tur. “SHo'rtan” – “Nasaf” 2:3
06.08.2011. 15-tur. “SHo'rtan” – “Nasaf” 2:1.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu o'yinlarga taklif etib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика