So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

"SHo'rtan" klubi Asror Aliqulov bosh murabbiy bo'lganini elon qildi Yangiliklar

"SHo'rtan" klubi Asror Aliqulov bosh murabbiy bo'lganini elon qildi

Har gal yangi mavsum arafasida klublar atrofida turfa xil gap-so'zlar ko'payishi odatiy holga aylangan.

2018 yilgi PRO-Liga bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi atrofida ham turli xil gap-so'zlar yurgan edi. Ulardan biri “Oq bo'rilar” jamoasi boshqaruviga o'zbek futbolining taniqli vakili Asror Aliqulov kelishi to'g'risida edi.

Kecha – 14 fevral kuni “SHo'rtan” jamoasining G'uzordagi qarorgohida klub rahbariyati yig'ilish o'tkazdi. Unda “SHo'rtan” PFK MCHJ Bosh direktori Kamoliddin Rahimov, Texnik Direktor Bahodir SHaymardonov, murabbiylar guruhi va futbolchilar ishtirok etishdi. Kun tartibida “SHo'rtan” jamoasiga bosh murabbiy tayinlash masalasi ko'rib chiqildi. Bir nechta mutaxassislar orasidan Asror Aliqulov nomzodi maqul topildi. SHunday qilib, futbol bo'yicha 2018 yilgi musobaqalarda rasman G'uzor jamoasini Asror Aliqulov boshqaradigan bo'ldi. Unga Botir Qodirqulov hamda Akmal Saitqulovlar yordam berishadi. Darvozabonlar bo'yicha murabbiy sifatida Erkin Mirzaev faoliyat olib boradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика