So’nggi yangiliklar

14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0

“SHo'rtan” yig'inni boshladi, Ulug'bek Baqoev va Igor Taran jamoa safida Yangiliklar

“SHo'rtan” yig'inni boshladi, Ulug'bek Baqoev va Igor Taran jamoa safida

Joriy yildan yana Oliy ligaga qaytgan “SHo'rtan” jamoasi bugundan birinchilardan bo'lib, Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarliklarning ikkinchi bosqichini boshlashdi.
Jamoa azolari dastlab, poytaxtdagi “O'ZBEKISTON” mehmonxonasida yig'ilishdi.

Toshkentdagi mashg'ulotlarga o'tgan yili “SHo'rtan” ko'rigidan o'tgan Visol Mageramov, jamoaning bir necha yillik futbolchisi Igor Taran, shuningdek Suhrob Berdiev, Sardor Eminov kabi o'yinchilar kelib qo'shilishdi. Eng katta yangilik sifatida esa ko'rikdan o'tish uchun bugungi mashg'ulotlarda Ulug'bek Baqoevning ham ishtirok etganligini etirof etish mumkin.

Qolganlar esa quyidagi futbolchilardan iborat: Botir Qodirqulov, Asror Aliqulov, Jamol Otaqulov, Samandar SHodmonov, Olim Karimov, G'ulom Rahmonov, Abbos Omonov, Umar Eshmurodov, Yusuf Bo'riev, SHaxzod Xursanov, Jamshid Hoshimov, Murod Rajabov, Husniddin G'ofurov, Roman Abdulov, Mirzakamol Kamolov, Eldor Tojiboev, G'ulomhaydar G'ulomov, Elyor Intizomov, Zoxid Raupov, Mamur Sultonov, Viktor Klishin, SHavkat Nasibullaev.

Tarkibga qo'shilgan yangilar haqida gap ketganda shu paytgacha Serbiyaning “Yavor” jamoasida faoliyat ko'rsatgan Husniddin G'ofurov ham bugundan “SHo'rtan” yig'iniga qo'shildi. Demak, hozircha g'uzorliklar tarkibida ikki nafar G'ofurovlar bor.

Birinchi kungi mashg'ulot engil tayyorgarlik ostida kechdi va yakunda futborlchilar ikkiga bo'lingan holda bir-birlariga qarshi to'p surishdi.

Avval xabar berilganidek, Toshkentdagi yig'in davomida “SHo'rtan” bir nechta sinov-nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi. Dastlabki raqiblar “Dinamo” va “So'g'diyona” kabi jamoalar bo'lish ehtimoli bor.

Yana bir yangilik, murabbiylar guruhiga avval “NBU-Osiyo” jamoasida faoliyat yuritgan Baxtiyor Qambaraliev ham kelib qo'shildi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика