“SHo'rtan” jamoasi o'z qarorgohida mashg'ulotlarga kirishdi
19 jan 2018 11:32
Yangiliklar
“SHo'rtan” jamoasi o'z qarorgohida mashg'ulotlarga kirishdi
Kecha “SHo'rtan” jamoasi g'uzordagi o'z qarorgohida mahalliy yosh futbolchilar bilan dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazishdi.
Mashg'ulotlarni vaqtinchalik jamoa texnik direktori, sobiq murabbiy Bohodir SHoymardonov hamda yordamchilar yoshlar jamoasi murabbiyi Akmal Saytqulov va darvozabonlar murabbiyi Erkin Mirzaevlar olib borishmoqda.
Bohodir SHoymardonov takidlashicha, bugun jamoaga asosiy tarkibining bir qator futbolchilari mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.
Ular Hasanboy Ergashov, Olim Karimov, G'ulom Raxmonov, Alibek Turobov, Otabek Narzullaev.
O'tgan mavsum ikkinchi davrada g'uzorliklar safiga kelib qo'shilgan Ruslan Melziddinov ham kelish ehtimoli bor.
Eslatib o'tamiz, 21 yanvar sanasida “oq bo'rilar” o'z maydonida “Mashal” jamoasi yoshlariga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazishadi.
Fahriddin CHoriev. 
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar