“SHo'rtan" futbol qoidalaridagi o'zgarishlardan xabardor etildi Yangiliklar

“SHo'rtan" futbol qoidalaridagi o'zgarishlardan xabardor etildi

Teglar :  SHo'rtan
Ayni paytda yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan “SHo'rtan” jamoasi murabbiylar guruhi va o'yinchilari uchun kecha - 8 fevral sanasida 2017 yilgi mavsumda amaliyotga joriy qilinishi ko'zda tutilgan “Futbol qonun qoidalaridagi yangiliklar va o'zgarishlar” to'g'risida o'quv seminari o'tkazildi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi “Hakamlar va Nazoratchilar departamenti” tomonidan tayinlangan tajribali mutaxassis, Oliy liga hakami Vladislav Ceytlin ushbu tadbirni olib bordi va unda maruza o'qidi. Seminar davomida “Oq bo'rilar” jamoasi murabbiylari va futbolchilariga 2017 yilgi milliy chempionatimiz uchrashuvlari va Kubok bahslari davomida qo'llaniladigan yangiliklar va o'zgarishlar tushintirildi, video lavhalar orqali batafsil malumotlar berildi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика