So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"SHo'rtan" bosh murabbiyi: "O'ylaymanki klubimiz yana Superligaga qaytadi, bunga imkoniyatimiz etadi" Yangiliklar

"SHo'rtan" bosh murabbiyi: "O'ylaymanki klubimiz yana Superligaga qaytadi, bunga imkoniyatimiz etadi"

Pro-liga 27-turidan o'rin olgan “Istiqlol” - “SHo'rtan” (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi raqibimiz “Istiqlol” jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. “Istiqlol” jamoasi bilan bo'lgan bugungi uchrashuvdan ko'rib xulosa qildim, biz bu jamoa bilan o'ynasak bo'larkan, xatto yutsak ham bo'ladi. Bugungi uchrashuvda raqiblarmizdan kuchsiz o'yin namoyish etmadik, shunchaki ayrim vaziyatlarda bizdan omad yuz o'girdi.

Uchrashuv davomida jamoamiz darvozaboniga qizil kartochka ko'rsatildi, bunga etirozimiz yo'q, shunchaki ko'plab vaziyatlarda omadimiz kelmaganidan ikkinchi bo'limda jamoamiz futbolchilari asabiylashishdi. Umuman olganda yaxshi uchrashuv bo'ldi. Keyingi turda aynan “Istiqlol” bilan uchrashamiz, yuqorida aytganimdek bu jamoa bilan o'ynasak bo'larkan, uydagi uchrashuvda albatta 3 ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Bu yil jamoamiz oldida mavjud qarzlardan qutulish, o'yinlarimizni yanada kuchaytirish, Pro-Ligada munosib ishtirok etish vaziflari qo'yilgan. Aytish mumkinki, klubimiz infratuzilmasi yaxshi darajada, “SHo'rtan” o'z vaqtida xalqaro maydonlarda to'p surganligini barcha yaxshi biladi. O'ylaymanki klubimiz yana Superligaga qaytadi, bunga bizni imkoniyatimiz etadi. Superliga talablari bo'yicha futzal, ayollar jamoasi, yoshlar jamoasi, bular bizda bor, faqat ozgina vaqt va sabr, keyingi mavsumda nasib etsa hammasi iziga tushib ketadi.        


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика