So’nggi yangiliklar

00:18ПСЖ — "Мец". Таркиблар маълум  0 00:03"Атлетико" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  0 23:46"Манчестер Сити" — "Ньюкасл". Таркиблар маълум  9 23:35"Осасуна" — "Реал" 1:1 (матнли трансляция)  17 23:13"Ал Ҳилол", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Насср" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 22:42SofaScore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баллга лойиқ кўрилди?  3 22:26"Қизилқум" Тожикистон клуби билан дуранг ўйнади  2 22:20АПЛ. "Челси" аутсайдерга қарши ўйиннинг сўнггида ғалабани қўлдан бой берди, "Астон Вилла" эса сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутилиб қолди  7 21:59"Ал Васл" — "Ал Батаэҳ". Таркиблар маълум  0 21:32"Осасуна" — "Реал". Таркиблар маълум  8 21:25"Лечче" — "Интер". Таркиблар маълум  3 21:05А Серия. Фабрегас қўл остидаги "Комо" меҳмонда "Ювентус"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  20 20:54"Навбаҳор" собиқ ҳимоячиси Қозоғистонда  0 20:31"Бунёдкор" собиқ футболчиси ватанига қайтди  1 20:00Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди  41

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov istefoga chiqarildi Yangiliklar

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov istefoga chiqarildi

PRO-Liga qatnashchisi G'uzorning SHo'rtan jamoasida o'zgarishlar yuz berdi.

Xabaringiz bo'lsa kerak, payshanba kuni «Oq bo'rilar» o'z maydonida chempionatning 8-turidan o'rin olgan «Mashal»ga qarshi bahsda raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

SHu bois bugun jamoaning G'uzor shahridagi qarorgohida navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uni klub vice-prezidenti Viktor Aleshnikovning o'zi olib bordi. Jamoaning so'nggi paytlarda qimmatli ochkolarni boy berayotgani rahbariyat va muxlislarni tashvishga solib kelayotgandi. SHuning uchun kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala - murabbiylar shtabining faoliyatini ko'rib chiqish edi. Yakunda bosh murabbiy Asror Aliqulov rahbariyat tomonidan istefoga chiqarildi. SHuningdek unga yaqindan yordam berib kelgan murabbiylar - Botir Qodirqulov bilan Akmal Saidqulovga ham chiqish eshiklari ko'rsatildi. O'z navbatida klub rahbariyati ushbu murabbiylarning «SHo'rtan» rivoji uchun qilgan mexnatlariga minnatdorchilik bildirib do'stona ravishda xayrlashdi.

Endilikda jamoani vaqtinchalik Bahodir SHoymardonov boshqarib turadigan bo'ldi. Unga darvozabonlar murabbiyi Erkin Mirzaev ko'maklashadi. SHoymardonov bunga qadar «SHo'rtan»da texnik-direktor lavozimida ishlab kelayotgandi. Dushanba kuni g'uzorliklarni Farg'onada «Istiqlol»ga qarshi o'yinga SHoymardonov olib tushadi. Klub rahbariyati bosh murabbiylikka hozirda bir qator nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Yaqin orada shulardan biri bilan rasmiy tarzda muzokara o'tkazilib, yangi bosh murabbiyni keng ommaga tanishtiradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика