“SHo'rtan” Andijonga etakchilarsiz kelgan
19 mar 2016 11:20
Yangiliklar


“SHo'rtan” Andijonga etakchilarsiz kelgan
Andijondagi muxbirimizning xabar berishicha, “SHo'rtan” jamoasi kecha Andijon shahriga etib kelgan.
G'uzorliklar “Royal” mehmonxonasiga kelib joylashdi. Aytishlaricha bosh murabbiy Zoir To'raqulov “UzDongJu”ga qarshi o'yinda bir nechta etakchi o'yinchilarga dam bergan. Bular – Eldor Tojiboev, Asror Aliqulov, Botir Qoraev va Igor Taran. Bu esa mezbonlarga qo'l kelishi mumkin. Eslatib o'tamiz bugun “UzDongJu” – “SHo'rtan” uchrashuvi SHo'rbuloq dahasida joylashgan suniy maydonda bo'lib o'tadi. O'yin soat 15:00da boshlanishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar