So’nggi yangiliklar

07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  7 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  5 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  4 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1

"SHo'rtan" 5 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Ulardan biri Bahraynda o'ynagan Yangiliklar

"SHo'rtan" 5 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Ulardan biri Bahraynda o'ynagan

Superligaga chiqishni maqsad qilgan "SHo'rtan" tarkibni kuchaytirayotganidan xabaringiz bor.

Bugun ham jamoaga kelib qo'shilgan bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi.

- O'tgan mavsumda Buxoroning “Buxoro” jamoasi sharafini himoya qilgan Jasur Xolto'raev yangi mavsumda jamoaga yordam beradi. Futbolchi "SHo'rtan" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.




- 28 yoshli tajribali himoyachi Mirjalol Jumaev himoya chizig'ini kuchaytirmoqda. Mirjalol ham "SHo'rtan" bilan bir yillik shartnoma imzoladi.




- “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, o'tgan mavsumda “Buxoro” jamoasida harakat qilgan Mahmud Jo'raboev ham tarkibga kelib qo'shildi. Yosh hujumchi 2024 yil oxirigacha G'uzor klubi bilan birga bo'ladi.




- O'tgan mavsumda Yaypanning “Turon” jamoasida harakat qilgan Sardor Sadullaev ham yangi mavsumni G'uzorda boshlaydi. Tajribali himoyachi "SHo'rtan" bilan bir yillik kelishuvga erishdi.




- So'nggi mavsumlarda legioner maqomida bo'lgan tajribali darvozabon Mirzohid Mamatxonov 2024 yilda jamoaga yordam beradi. Tajribali darvozabon so'nggi mavsumni Bahraynning “Budaiya” jamoasida o'tkazgan.




- SHuningdek, o'tgan mavsumda "SHo'rtan" sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Ulug'bek Xudoyberdiev bilan ham amaldagi shartnoma uzaytirildi.




Murabbiylar selekciya ishlarini davom ettirishmoqda.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика