"SHo'rtan" 20 yillik to'yini nishonlaydimi?
29 okt 2014 16:35
Yangiliklar

"SHo'rtan" 20 yillik to'yini nishonlaydimi?
Joriy mavsum birinchi ligada ishtirok etgan G'uzorning "SHo'rtan" futbol klubi yaqinda yana oliy ligaga qaytdi.
Albatta, mavsum boshidayoq "SHo'rtan"ning oliy ligaga qaytishi kutilgandi, chunki jamoada buning uchun sharoitlar etarli. Endi bo'lsa bir savol ochiqligicha qolyapti, yani, jamoa bu yil o'zining 20 yillik to'yini nishonlaydimi?
Malumki, 2 noyabr kuni Qashqadaryoning yana bir jamoasi "Mashal" keng miqyosda 30 yoshini nishonlamoqchi. SHuningdek, "Andijon" ham yarim asrlik to'yini o'tkazish taraddudida yuribdi. Lekin hozircha "SHo'rtan" futbol klubidan bu borada sado chiqqani yo'q.
Klub rasmiy saytida keltirilgan oxirgi xabarda "SHo'rtan" rasman chempionlikni rasmiylashtirdi deyilgan, ammo 20 yillik to'yi haqida gap bormagan. Qolaversa, klub rahbariyatidan ham jamoaning 20 yoshini nishonlash to'g'risida hozircha gap chiqqani yo'q.
Malumot uchun, SHo'rtan futbol klubi 1994 yil 5 noyabrda G'uzor tuman hokimiyatidan ro'yxatdan o'tgandan so'ng professional klub maqomiga ega bo'lgan.

Fikrlar