So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

SHoping qurbonlari: yozda "CHelsi"dan kimlar ketishi mumkin? (mutolaa uchun) Yangiliklar

SHoping qurbonlari: yozda "CHelsi"dan kimlar ketishi mumkin? (mutolaa uchun)

London klubida joy topilmay qolishi mumkin bo'lgan o'yinchilar haqida gaplashamiz.

"CHelsi" yangi xo'jayinlarning kelishi bilan transfer bozorida juda faol ishlamoqda. "Ko'klar" shunchalik ko'p o'yinchilar bilan shartnoma imzolashdiki, mish-mishlarga ko'ra, kiyim almashtirish xonasida hammaga joy etmaydi. Ammo, bu davom etmasligi mumkin. Londonliklar moliyaviy feyr-pleyni buzganlik uchun jazo va maoshlar miqdorini tushirish uchun futbolchilarini sotishi kerak. Katta ehtimol bilan "CHelsi"dagi kadrlar tozalanishi bir necha oylardan so'ng boshlanadi. Bugun mavsumlar oralig'ida "ko'klar"ni kimlar tark etishi mumkinligini topishga urinib ko'ramiz.


Denis Zakariya

"CHelsi" Zakariyani yozgi transfer oynasining so'nggi kunida "Yuventus"dan ijaraga oldi. Haligacha "ko'klar"ning o'yinchini xarid qilishlariga ishora yo'q. 26 yoshli xavbek hozirda Premer-ligada faqatgina 6ta o'yin o'tkazdi. Londonliklarda shveycariyaliksiz ham markaziy yarim himoya va tayanch hududida o'ynaydigan futbolchilar etarlicha. Zakariyaning joriy mavsum so'nggida ketishi deyarli hal qilingan masalaga o'xshab ko'rinmoqda.



Konor Gallaxer

Gallaxerning ketishi haqidagi xabarlar anchadan beri bor. Futbolchi qishda jonajon klubidan ketishi mumkin edi, amo "CHelsi" o'yinchini qo'yib yubormaslikka qaror qildi. Ammo, 23 yoshli xavbek yana "ko'klar" xayrlashishga tayyor bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kirmoqda. London klubi o'z tarbiyalanuvchilariga unchalik ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirmaydi, shu sabab Gallaxerning ketishi og'ir qabul qilinmaydi. Ha, yana "CHelsi"da juda ko'p markaziy yarim himoyachilar bor, Konor esa maydondagi o'rin uchun kurashda etakchi o'rinlarda emas.



Malang Sarr

Sarr 2020 yilning yozida "ko'klar"ga "Nicca"dan erkin agent maqomida o'tgandi. O'shandayoq ushbu transfer shubhali ko'ringandi. Barchasi londonliklar o'yinchini ijaraga yuborishini ko'rsatayotgandi – shunday bo'ldi ham. Francuz avvaliga muvaffaqiyatsiz tarzda "Portu"da o'ynadi, so'ngra "CHelsi"da o'z o'rnini mustahkamlashga harakat qildi, ammo bu bilan hech narsa chiqmadi. 24 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazmoqda. Sarrning London klubiga qaytish imkoniyati deyarli yo'q. Unga shunchaki tarkibda joy yo'q. "CHelsi"da u siz 5 nafar markaziy himoyachi bor – bu etarlidan ham ko'proq.



Temue Bakayoko

Bakayoko shunchaki rasmiy ravishda "CHelsi" o'yinchisi hisoblanadi. 28 yoshli xavbek 2017 yilning yozida London klubiga o'tganidan so'ng deyarli barcha muddatni ijarada o'tkazmoqda. Francuz "Napoli" va "Monako"da ijarada o'ynadi, hozir esa vaqtinchalik "Milan"da harakat qilmoqda. Bakayokoning uzoq muddatli ijaralardan so'ng "CHelsi"ga qaytishini tasavvur qilish qiyin. SHuningdek, uning shartnomasi yakunlanishiga 1 yil qolgan – sotishning ayni vaqti. Boshqa tomondan, umuman o'ynamayotgan futbolchi uchun xaridor topish juda qiyin. U joriy mavsum A Seriyada faqatgina 3ta o'yinda maydonga tushdi.



Meyson Maunt

Maunt Frenk Lempard davrida "ko'klar"ning eng yaxshi yosh o'yinchisi edi. Londonliklar o'z paytida tarbiyalanuvchilarini klubda eng ko'p haq oladigan o'yinchilardan biriga aylantirishga tayyor edi. Hozir esa haqiqat shuki, 24 yoshli xavbek "CHelsi"dan ketishi mumkin. Tomonlan 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmayapti. Katta ehtimol bilan kelishuvni uzaytirishini xohlamaslik futbolchini 70 mln evroga baholagan klubdan kelib chiqqan. Angliyalik uchun "Bavariya" va "Liverpul" davogar sifatida ko'rilmoqda.



Xakim Ziesh

Ziesh yanvarda PSJga o'tishga juda yaqin edi. Transfer deyarli kelishilgan edi. Bitim faqatgina London klubi xodimlarining xatosi sabab barbod bo'ldi. Xakim shundan so'ng qandaydir o'yin vaqtlari oldi, ammo shundan so'ng vaziyat yanada qiyinlashdi. 30 yoshli vinger APLning so'nggi beshta o'yinida umuman maydonga tushirilmadi. Bu marokashlikning "CHelsi"dan ketish xohishi hech qaerga ketmasligini bildiradi. U yozda katta ehtimol bilan klubini o'zgartiradi. Bu safar "ko'klar"da bitimni rasmiylashtirish uchun vaqt bo'ladi.



Kristian Pulishich

Pulishichda anchadan beri ishlar yaxshi emas, joriy mavsumda esa barchasi yomon. 24 yoshli amerikalik joriy mavsum o'yinda o'rtacha 36 daqiqa to'p tepmoqda – bu faoliyatidagi eng yomon ko'rsatkich. SHu sabab uning samarali harakatlari kamaymoqda. APLdagi 19ta o'yinda bitta gol – juda kam. "CHelsi"ning o'ng vingeri poziciyasida asosiy Noni Madueke bo'lish ehtimoli katta, shu sabab Pulishichning kelajagi Zieshning ehtimoliy ketishini hisobga olganda ham tumanli ko'rinmoqda. Amerikalik hammasidan ham faoliyatini boshqa joyda boshlagani yaxshi, garchi buni oldinroq qilishi kerak bo'lgan bo'lsa ham.



Kallum Xadson-Odoi

"Bavariya" Xadson-Odoini olishni juda ham xohlagan paytlar bo'lgandi. "Ko'klar" tarbiyalanuvchisi barcha takliflarni rad etgan, sababi o'z klubida o'rin egallamoqchi edi. Ammo, mavsumdan-mavsumga uning rotaciya o'yinchisi roli o'zgarmadi. Kallum baribir o'tgan yozda o'zgarishlarga qaror qildi va "Bayer"ga ijaraga o'tdi, ammo u erda ham biror narsaga erishmayapti.

22 yoshli angliyalik hozircha Bundesligada 14ta o'yinda maydonga tushdi va atigi bitta assist qayd etdi. "Farmacevtlar"ning o'yinchini xarid qilishlari ehtimoli kam, ammo "CHelsi"ga qaytish imkoniyatlari ham yuqori emas. "Ko'klar"da chap vinger poziciyasida katta pullar to'langan Rahim Sterling va Mixail Mudrik bor. Xadson-Odoiga jonajon klubida joy topilmasligi mumkin.



Per-Emerik Obameyang

Obameyang – "CHelsi"da markaziy hujumchilar etmayotganiga qaramay, London klubidan ketish uchun yaqqol davogar. 33 yoshli hujumchi APLdagi so'nggi 10ta o'yinda atigi 16 daqiqa o'ynadi. U CHempionlar ligasida qaydnomadan chetlatilganidan so'ng umuman o'ynash huquqiga ega emas. Gabonlikda hattoki murabbiy almashuvidan so'ng ham "ko'klar" tarkibida qolishga katta xohish paydo bo'lishi qiyin masala. Obameyang sifatli hujumchi bo'lib qoladi, ammo mutlaq o'zgarishlar bosqichida bo'lgan jamoa – uning yoshida eng yaxshi variant emas. Gabonlik xotirjamroq muhit topgani yaxshiroq.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика