SHomurodovning vakili Trabukkiga javob qaytardi
28 noy 2020 17:22
Yangiliklar


SHomurodovning vakili Trabukkiga javob qaytardi
"Jenoa" hujumchisi Eldor SHomurodovning vakili hisoblanmish ProSport Management agentligi vakili Qahhor Mo'minov futbol agenti Marko Trabukkining SHomurodov borasidagi fikrlariga javob qaytardi.
"Marko yaxshi menejer bo'lishi mumkin, ammo u futbolni kam ko'radi va unda kam narsani tushunadi. O'zini italiyalik futbol mutaxassisidek tutmoqda. U klubning istefoga chiqarilgan sobiq direktori.
Eldorda ko'nikish jarayoni ketmoqda, afsuski jarohati sabab 3 haftani o'tkazib yubordi. Kechadan oldin kuni Genuya klubida asosiy tarkibda maydonga tushdi, yaxshi o'ynadi va Skamakkaning goliga sababchi bo'ldi. Jamoa muhim o'yinda g'alaba qozondi. Hammasi joyida, u italyan tilini o'rganmoqda. Umuman barchasi rejaga muvofiq ketmoqda.
Roma Eryomenko esa ajoyib futbolchi va "Rostov"da Eldorga ko'p yordam bergan. Ammo afsuski u SHomurodovga atigi ikkita golli uzatma (Eryomenko - Trabukkining mijozi) bergan", - deydi Mo'minov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar