SHomurodovning PSJga qarshi o'ynash imkoniyati yo'qqa chiqdi
24 iyu 2021 22:59
Yangiliklar
SHomurodovning PSJga qarshi o'ynash imkoniyati yo'qqa chiqdi
"Jenoa" va PSJ o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Bugun, 24 iyul kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan, "Jenoa" va PSJ klublari o'rtasidagi uchrashuv bekor qilindi. Ushbu qaror "Jenoa" klubi tomonidan qabul qilingan. Bunga sabab qilib esa, koronavirus bilan bog'liq vaziyat ko'rsatilgan.
"Bu qarorni qabul qilish biz uchun biroz qiyin bo'ldi. Ammo, oxirgi kunlardagi yuqori xavf bizni ushbu qarorni qabul qilishga majbur qildi", -deyiladi "Jenoa" klubi bayonotida.
SHunday qilib, hamyurtimiz Eldor SHomurodov va "Jenoa" klubi Franciya grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydigan bo'ldi.
Fikrlar