SHomurodovning golli seriyasi 4ta o'yinga etdi
15 okt 2019 22:20
Yangiliklar


SHomurodovning golli seriyasi 4ta o'yinga etdi
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston MTJ JCH-2022 saralashi doirasida Singapurga qarshi to'qnash keldi va raqiblarini 3:1 natijasi bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Eldor SHomurodov bahsda dubl qayd etdi hamda golli seriyasini 4ta o'yinga etkazdi. SHomurodov o'tgan bahslarda 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. SHuningdek, uning hisobida 1ta samarali uzatma ham mavjud. 24 yoshli forvard Singapurdan tashqari, Yaman, CSKA hamda «Dinamo Moskva» klublari darvozasiga bir martadan aniq yo'l topgan.
Avvalroq, Eldor termadagi gollar sonini 16taga etkazib, Jafar Irismetovdan (15 gol) o'tib ketgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar