

Saytimiz orqali e'tiborinizga havola qilinayotgan "Tezkor studiya" dasturining 15 mayda o'tkazilgan sonida "Championat.asia" asoschisi Gayrat Xasbiulin Eldorga Germaniya Bundesligasidan aniq takliflar borligi haqidagi insayd ma'lumotni taqdim qilgandi.
Bugun futbolchining agenti, ProSportsManagement kompaniyasi rahbari German Tkachenko "Akademii futbola" jonli efiri vaqtida ham buni tasdiqladi.
Uning so'zlariga ko'ra, chindan ham Eldor Shomurodovga Germaniya klublari qiziqish bildiryapti va ular bilan muzokaralar o'tkazilmoqda. Ammo muzokaralar jarayoni futbol va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga jiddiy ta’sir o'tkazayotgan umumiy iqtisodiy inqiroz tufayli murakkablashmoqda. Nemis klublaridan birining vakili bunday vaziyatda Shomurodovni xarid qilish uchun kimnidir sotib yuborishi kerakligini takidlagan.




