So’nggi yangiliklar

01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  0 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  0 00:25ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  169 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  0 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  1 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  9 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  95 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  6 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  3 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  20

SHomurodovni Osiyoga tanitgan o'yin: O'zbekiston - Ummon 2:1 (Xayrulla Hamidov sharhi) Yangiliklar

SHomurodovni Osiyoga tanitgan o'yin: O'zbekiston - Ummon 2:1 (Xayrulla Hamidov sharhi)

2019 yilgi Osiyo Kubogining 1-turida O'zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi maydonga tushgandi.

Ikkita himoyadan o'yin quruvchi jamoalar ishtirokidagi bahsning dastlabki daqiqalari ancha sokin boshlandi. Ummon nisbatan ko'proq hujumga o'tishga intildi va buni ilk daqiqalarda yaxshi uddaladi.





Asosan qarshi hujumni xush ko'ruvchi Ummon to'pni bizga topshirib, ikki qavatli himoya tashkil etgan holda raqibni o'z jarima maydonida kutib olishni maqul ko'rdi. Garchi to'p asosan bizda bo'lsada, jamoamiz pozicion hujumni tashkil etishda anchagina muammolarga duch kelayotgani ko'rinib turibdi. Hujumlarimizga joziba ko'shib, keskinlik taqdim etishi lozim bo'lgan Javohir Sidiqov katta o'yinda hayajonlandimi yoki boshqa sababmi, uchrashuv fonida yo'qolib qoldi. Markaziy hujumimizdagi yagona nominal "snayperimiz" Marat Bikmaev ham uchrashuvni deyarli to'psiz o'tkazdi.

Ummon birinchi bo'limda o'z darvozasi oldida ortiqcha xavfga duch kelmadi. Aksincha, Nesterov qo'riqlayotgan darvoza oldida ikkita juda qulay imkoniyatga duch keldi. Biroq nafaqat o'zbek futbolida, balki Osiyo Kubogi tarixidagi afsonaviy darvozabonga aylangan Nesterov o'z rekordini qahramonlarcha rasmiylashtirdi.

Pozicion hujumga o'tishdagi muammolar, qanot orqali kerakli darajada xavf sololmayotgan pallamizda uchrashuvning 34-daqiqasida jarima zarbasi jonimizga oro kirdi. Bu vaqtga qadar darvoza tomon birorta zarba bera olmagan terma jamoamizning ilk nishoni golga aylandi. Ahmedovning mahorati tufayli "SHarja" stadionida tablo bizning foydamizga o'zgardi - 1:0.

Goldan so'ng Ummon endi qarshi hujum o'ljasini pozicionga almashtirishga majbur bo'ldi. Buning natijasida biz ham himoyada yanada ko'proq vaqt sarflashimizga to'g'ri keldi. Tanaffusga qadar Osiyo Kubogi rekordchisi Nesterov mardonavor seyv amalga oshirdi. Ignatiy Ummonni tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olishiga rozi bo'lmadi.

Ikkinchi taymda Ummon hujumkor ruhda, biz esa natija va murabbiy uslubidan kelib chiqqan holda odatiy himoyaviy o'yinni davom ettirdik. Ummonning hujumlari asosan qanotlar orqali keskin tus oldi. Raqib bizdan jismoniy jihatdan va yakka kurashlarda ustunlik qildi. Lekin kecha Xayrulla Xoliqov takidlab o'tganidek, Ummonning kuchsiz tarafi - vaziyatlarni golga aylantirishdagi muammo bizning foydamizga ishladi. Qator urinishlar, o'yindagi ustunlikni hisobda aks ettirish ularga nasib etmadi. Boshqacha aytsak, biznikilar ularga bu ishni amalga oshirishlariga to'sqinlik qilishdi. Biroq uchrashuvning 78-daqiqasida Muhsin Al Gassani mudofaamiz takibidan qochib ketib o'z niyatiga erishdi - 1:1.

SHundan so'ng terma jamoamiz qayta uyg'ondi. Kuper zaxira kuchidan foydalanishda negadir boshlang'ich tarkibga kiritilmagan SHomurodov variantni tanladi. Bu o'zgarishdan keyin Eldor ustozini uyaltirib qo'ymadi. 85-daqiqada chap qanotdan oldinga o'tgan SHomurodov bir raqibni ortda qoldirdi va darvozani ishg'ol qildi - 2:1.

Bizning ustunligimiz taminlagan jihat sanoqli vaziyatlarni golga aylantirganimiz. Yani Ummonga etishmagan jihat shu kuni bizda kuzatildi.

Pim Verbek ham zaxirada adashmadi. U tushirgan futbolchi hisobni tenglashtirdi. Kuper esa javoban SHomurodovni tushirdi va bu o'zgarish ham ish berdi. Ammo bizning futbolchilarimizning individual mahorati shu kuni g'alabamizni mustahkamladi.

Nesterovning qahramonligi, terma jamoamizdagi ikki legionerlarimizning - Ahmedov va SHomurodovning mahorati bizga samara keltirdi.


Osiyo Kubogi-2019.
"F" guruhi, 1-tur.
O'ZBEKISTON - UMMON 2:1
SHarja shahri, "SHarja stadioni".

Hakamlar
: Ko Xyung Jin, Yun Kvang Yol, Park Sang Jun (Janubiy Koreya)
Darvoza ortidagi hakamlar: Kim Dong Jin (J.Koreya), Dilan Perera (SHri Lanka)
Zaxira hakami: Mohd Yusri Muhammad (Malayziya)

Gollar: Odil Ahmedov 33, - 1:0. Muhsin Al Gassani 78, - 1:1. Eldor SHomurodov 85, - 2:1.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov, 15.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov, 19.Otabek SHukurov - 7.Sardor Rashidov (17.Dostonbek Hamdamov, 59), 22.Javohir Sidiqov, 11.Jaloliddin Masharipov (8.Ikrom Aliboev, 79) - 10.Marat Bikmaev (14.Eldor SHomurodov, 82).
Zaxira: 21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 6.Davron Hoshimov, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 16.Aziz Turg'unboev.

Ummon (4-2-3-1): 18.Fayz Al Rushaydi - 11.Saad Al Muhayni, 13.Halid Al Brayki, 2.Muhammad Al Musallami, 17.Ali Al Busaydi - 12.Ahmad Kanu, 23.Habib Al Sadi - 15.Jamell Al Yahmadi (9.Muhammad Al Gassani, 88), 10.Muhsin Al Xaldi, 6.Raed Solih - 7.Halid Al Hajri (16.Muhsin Al Gassani, 67).
Zaxira: 1.Ammar Al Rushaidi, 22.Ahmad Al Ravahi, 19.Mahmud Al Mushaifri, 3.Muhammad Faraj, 5.Muhammad Al SHiba, 20.Salah Al Yahyoi, 21.Mataz Solih, 14.Ali Al Jabri, 8.Yasin Al SHeyadi, 4.Muhammad Hasib. 


Uzbekistan

Odil Akhmedov - 34', Eldor Shomurodov - 85'

Asian Cup Grp. F . 1-tur

09/01/2019, 18:30

1
:
2
Tugadi

Oman

Mohsin Al Ghassani - 72'

Stadion: Sharjah Stadium, 9424 tomoshabin

Bosh hakam: Hyung-Jin Ko

45'
90'
29'  Jaloliddin Masharipov
34'  Odil Akhmedov
58'  Ignatiy Nesterov
59'  Sardor Rashidov (Dostonbek Khamdamov)
79'  Jaloliddin Masharipov (Ikrom Alibaev)
83'  Marat Bikmaev (Eldor Shomurodov)
85'  Eldor Shomurodov
85'  Ikrom Alibaev
90'  Yegor Krimets
67'  Khalid Al Hajri (Mohsin Al Ghassani)
72'  Mohsin Al Ghassani
72'  Ali Al-Busaidi
86'  Jameel Al Yahmadi (Salaah Al-Yahyaei)
86'  Mohsin Jouhar (Mohammed Al Ghassani)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика