SHomurodovni 4ta dahshatli o'yin kutib turibdi
04 okt 2019 15:02
Yangiliklar
SHomurodovni 4ta dahshatli o'yin kutib turibdi
Hamyurtimiz bungacha 6 oktyabr kuni "Rostov" safida maydonga tushadi. Yakshanbada SHomurodov to'p tepayotgan jamoa Moskvada CSKA mehmoni bo'ladi. "Armiyachilar" ayni damda turnir jadvalida peshqadamga aylanib olishgan. To'purarlar jadvalida 9ta gol bilan etakchilik qilayotgan Eldor Rossiya poytaxtidagi bahsda shu nomga munosib ekanligini isbotlashga harakat qiladi.
Ushbu bahsdan so'ng SHomurodov O'zbekiston MTJda Yaman va Singapurga qarshi bahslarda maydonga tushishi kerak. 1-turdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng bizga g'alaba suv va havodek muhim.
Terma jamoalar o'yinidan keyin Eldor "Rostov"ga qaytib ketadi va 19 oktyabr kuni uni "Zenit"ga qarshi bahs kutib turadi. Sankt-Peterburg klubi ham turnir jadvalida etakchilar safida bormoqda.
Eldor SHomurodovni kutib turgan keyingi 4ta o'yin:
6 oktyabr. CSKA - "Rostov"
10 oktyabr. O'zbekiston - Yaman
15 oktyabr. Singapur - O'zbekiston
19 oktyabr. "Zenit" - "Rostov"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar