So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

SHomurodovdan dubl, "Yuve" - "Inter" 3:2 - A Seriya 37-tur yakunlari Yangiliklar

SHomurodovdan dubl, "Yuve" - "Inter" 3:2 - A Seriya 37-tur yakunlari

Italiya chempionati 37-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Yuventus" dramatik uchrashuvda "Inter"ni taslim etdi

"Inter" chempionligidan zavq olishda davom etmoqda, qolganlar esa, jumladan "Yuventus" ECHL yo'llanmasini taqdim etuvchi o'rinlarga "ilinib" olish ilinjida. "Yuventus" o'yinni faolroq boshladi, ammo vaziyatlar deyarli yuzaga kelmasdi. O'yinni "Inter" darvozasiga belgilangan penalti jonlantirib yubordi. Hakamning fikriga ko'ra Kellini o'yin qoidasini buzgan bo'lib chiqdi. To'p oldiga Krishtianu yaqinlashdi va birinchi zarbani Samir Xandanovich qaytargan bo'lsada, takroriy urinishdan niyatiga etdi. Bu goldan keyin "Inter" oldinga tashlandi va hakam yana nuqtaga ko'rsatdi. Bu safar zarbani bu jamoa hujumi etakchisi Lukaku amalga oshirdi va ishonchli tarzda foydalandi. Tanaffusga jamoalar durang hisobida chiqib ketadi deb turganimizda, Keza individual harakatlari evaziga oldinga o'tib bordi va to'p Kuadradoga kelib tushdi hamda kolumbiyalikning darvozasi burchagiga yo'llagan zarbasidan keyin to'p mo'ljalga aniq bordi. 

Ikkinchi taym avvalida Rodrigo Bentankur chetlatildi va "neradzurri" yanada faolroq hujumga o'ta boshladi. Perishichning uzatmasidan keyin Vesino ajoyib zarba yo'lladi, ammo golkiper jamoadoshlari joniga oro kirdi. Biroq navbatdagi uzatmadan keyin, bu safar uni Barella amalga oshirdi, kutilmaganda Kellini to'pni o'z darvozasiga burib yubordi. Durang natija "Inter"ni qanoatlantirardi, lekin "Yuventus"da boshqacharoq holat edi. SHu sabab Pirlo shogirdlari hujum qilishda davom etdi. Hal qiluvchi epizod esa oradan yana 3 daqiqa o'tib yuz berdi, hakam Perishich jarima maydonchasi ichida Kuadradoga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. Jabrlanuvchining o'zi penaltini ajoyib tarzda amalga oshirdi. Biroq bundan oldin Brozovich Kuadradoga nisbatan keskin o'ynagani uchun chetlatilganini ham qayd etish lozim.


"Atalanta" "Jenoa"ni engdi, SHomurodovdan dubl 

"Bergamoliklar" "grifonlar"ga qarshi o'yinda kim mezbonligini ilk daqiqalardan ko'rsatib qo'ydi. Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Sapata Malinovski bilan "devor" uslubida o'ynadi va birga-bir vaziyatga chiqib, aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Yana 15 daqiqa o'tib, ikki futbolchi rollarni alishdiSapata jarima maydonchasida to'pni raqibidan olib qo'ydi va Ruslanni bo'sh qolgan darvozaga chiqarib qo'ydi, yarim himoyachi mo'ljalda adashmadi. "Atalanta" birinchi bo'limni ancha faol o'tkazdi va tanaffusdan avval yana bir gol urdi. Xatebur to'pni Gosensga etkazdi, "Atalanta" futbolchisi jarima maydoni markazidan bosh bilan yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytara olmadi. "Jenoa" to'pni o'z hujumchilariga etkazishda muammoga duch kelar va "Atalanta" darvozasi oldida deyarli vaziyat yarata olmadi.

Tanaffusdan keyinoq maydonga Eldor SHomurodov tushirildi. Oradan ko'p o'tmay u raqib himoyachilarini xato qilishga majbur qildi va jarima maydoniga kirmay, darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi. Oradan ikki daqiqa o'tib, endi Gasperinining o'yinchi alishtirishi samara keltirdi. Miranchuk to'pni Pashalichga etkazdi va u bir harakatda himoyachini chalg'itib, oradagi farqni oshirdi. "Grifonlar"ni bu cho'chitgani yo'q va ular yana hujumga yo'l olishdi. Vaziyatlardan birida, 67-daqiqada mezbonlar penalti ishlashdi. Pandev imkoniyatdan unumli foydalandi. Bu goldan keyin Balardini shogirdlari yanada kuchli pressing uyushtirishdi, "Atalanta" esa go'yoki charchab qolgandek tasavvur uyg'ota boshladi. Oqibatda pressing natija berdi va to'p olib qo'yilgach, Pandev oldinroqdagi SHomurodovni ko'rdi, hamyurtimiz esa A Seriyadagi ilk dublini rasmiylashtirdi. Ruhlangan "bergamoliklar" durangdan umidvor edi, lekin to'rtinchi golni urishga vaqt etmadi.


"Napoli" — poygada

Gattuzo shogirdlari ilk daqiqalardan niyatlari jiddiyligini ko'rsatib qo'yishdi. Uchrashuv startidayoq Osimxen qanotda raqiblarini chalg'itib, to'pni Zelinskiga oshirdi, uning zarbasini esa Terrachiano katta qiyinchilik bilan qaytarib yubordi. "Firentina" ham hujumda faol bo'lishga harakat qilardiyu, lekin ularning urinishlari "Napoli"niki kabi xavfli chiqmasdi. Oradan bir necha daqiqa o'tib, Insine qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo uning zarbasidan keyin to'p to'singa tegdi. 

Tanaffusdan keyin umumiy kadr deyarli o'zgarmadi. Politano yaqin burchakka yo'llagan zarbani yana Terrachino qaytardi. Bo'lim o'rtalariga kelib esa Milenkovich burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasi ichida negadir Rraxmanini yiqitdi. To'p oldiga Insine keldi va zarbani amalga oshirdi, birinchi zarbadan keyin posbon to'pni qaytargan bo'lsada, ikkinchi urinishda "Napoli" sardori niyatiga etdi. Gol o'yin borishiga umuman tasir qilmadi. "Napoli" bosim qilishda davom etdi, Insine jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Insinening o'zi keyingi vaziyatda to'pni Zelinskiga tashlab berdi va Pyotrning zarbasidan keyin to'p Vennutiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi hamda darvoza burchagiga borib tushdi. "Napoli" nazoratni yo'qotmadi va ishni yakunlay oldi, "Fiorentina" esa ayniqsa ikkinchi bo'limda juda yomon o'yin namoyish qildi. "Napoli" 4-o'ringa yaxshi joylashib oldi, lekin bo'shashishga hali erta va "Verona" bilan hal qiluvchi o'yin kutib turibdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика