So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  80 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

SHomurodov va "Rostov" "Dinamo"ga qarshi (prevyu) Yangiliklar

SHomurodov va "Rostov" "Dinamo"ga qarshi (prevyu)

Bugun, 23 noyabr Toshkent vaqti bilan 18:30da Moskvaning "Dinamo" klubi RPLning 17-tur uchrashuvlari doirasida "Rostov"ni qabul qiladi.

Jamoalar ushbu o'yinga turli kayfiyatlarda tashrif buyurishadi.


So'nggi vaqtlarda "Dinamo"ni tanqid qiluvchilar soni sezilarli darajada kamaydi, jamoa shunga loyiq o'yin ko'rsatmoqda. Moskva jamoasi "Krasnodar" bilan durang o'ynadi, sensacion tarzda CSKAni taslim etdi, "Axmat" bilan ochkolarni bo'lishib, "Rubin"ni mag'lubiyatga uchratdi. "Rostov"ga qarshi bahsda 4 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya Moskva klubiga katta yordam berishi mumkin.


"Rostov" haqida gapiradigan bo'lsak, klubda moliyaviy muammolar boshlangan. Buning ustiga jamoa RPLdagi so'nggi o'yinda "Tambov"ga mag'lub bo'ldi. "Rostov" oxirgi to'rtta turda faqat bir marta g'alabaga erishdi. Autsayderdan mag'lubiyatni qabul qilib olgan janub klubi "Zenit"ga qarshi bahsda yirik hisobda taslim bo'ldi. "Rostov"da har tomonlama inqiroz kuzatilyapti. Lekin hamyurtimiz Eldor SHomurodov klubiga yaxshi kayfiyatda qaytib bordi, chunk u Falastinga qarshi JCH-2022 saralash uchrashuvida dubl qayd etib, terma jamoamiz g'alabasini taminlab berdi.


Statistik malumotlar

- Jamoalar o'zaro 51ta uchrashuv o'tkazgan. G'alabalar bo'yicha ustunlik "Dinamo" (22ta) tomonda. Qolgan bahslarda 17ta durang va 12 marta "Rostov"ning g'alabasi kuzatilgan.

- O'zaro o'tkazilgan so'nggi 10ta bahsda "Dinao" 3 marta zafar quchdi, 4ta bahsda mag'lubiyatga uchradi va 3ta o'yinda ochkolarni bo'lishib oldi.

- So'nggi 10ta uchrashuvdagi o'rtacha mahsuldorlik - 2,9 ("Dinamo"ning har o'yindagi o'rtacha natijasi 1,6ta gol, "Rostov"niki esa - 1,3).

- "Dinamo" uyida o'tkazgan so'nggi 5ta uchrashuvning 3tasida g'alabaga erishdi. 1 marta "Rostov"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 1 bora durang qayd etildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика